Mirzayev Boborahim Tarjimai hol haqida malumot

Mirzayev Boborahim Tarjimai hol haqida malumot

Tarjimai hol

Boborahim Mirzayev — taniqli o‘zbek xonandasi, opera solisti. O‘zbek opera san’atiga qo‘shgan katta hissasi uchun 1942 yil “O‘zbekiston xalq artisti” sharafli unvoni bilan taqdirlangan.

1907 yil Marg‘ilonda tug‘ilgan. 1926 yil Moskvada o‘zbek opera studiyasida tahsilni yakunlagan. 1926-1929 yillar Boborahim Mirzayev O‘zbek Davlat konsert etnografik truppasida ishlaydi. 1929-1939 yillar oralig‘ida O‘zbek Davlat musiqiy teatrda faoliyat yuritadi. 1939 yildan 1949 yilgacha Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan. 1949-1955 yillar O‘zbekiston Davlat filormoniyasi solisti.

Musiqiy opera va dramalarda ko‘plab yorqin va hayotiy timsollar yaratib, iqtidorli va ko‘pqirrali ijrochi Boborahim Mirzayev o‘zbek opera san’ati rivojida o‘zidan so‘ng sezilarli iz qoldirgan.

1929-1944 yillar B. Mirzayev musiqiy dramalarda U. Xojibekovning “Arshin Mal Alan”ida Asker, G‘.Zafarning “Xalima”sida Ne’mat, Xurshid hamda V. Uspenskiylarning mashhur “Farhod va Shirin” asarida Farhod, K. Yashin, M. Muhamedov hamda V. Glierlarning “Gulsara”sida Qodiriy rollarini muvaffaqiyatli ijro etgan. Shuningdek, Ye. Brusilovskiyning Er Targ‘in nomli operasida Er Targ‘in, A. Magomayevning “Nargiz” operasida Xasanxon, S. Vasilenko va M. Ashrafiylarning “Bo‘ron” operasida Knyazev, J. Bizening “Karmen” operasida Eskamilo rollarini yuqori mahorat ila ijro etgan.

Boborahim Mirzayev ijodida o‘zbek maqomlarining ijrosi katta o‘rin egallaydi. U mashhur “Tanovar”, “Dugoh”, “Dugoh-2-3-4”, “Bayot” va boshqa milliy qo‘shiqlarni kuylagan.

Boborahim Mirzayev 1957 yil Toshkentda vafot etgan.

Arboblar
Mirzayev Boborahim

manba:arboblar.uz