MIRZARAHIMOV
MIRZARAHIMOV Qosim (1925.16.5, Chimkent — 2000.26.6, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekiston BA akad. (1997), Oʻzbekiston xalqrassomi (1996). Respublika rassomlik bilim yurtini haykaltaroshlik boʻlimi (F. Grishchen-ko sinfi)ni tugatgan (1964). Yoshligida baxtsiz hodisa tufayli 1947-y. dan I guruh nogironi. Davolanish uchun Toshkentga olib kelingan. Nogironlik kasali ogʻirlashib toʻshakda yotgan holda faqat bitta chap qoʻli bilan moʻjaz va dastgohli plastika, haykallar yaratishda davom etadi. Mirzarahimov asarlarining asosiy mavzusini zamondoshlar siymosini ifoda etuvchi psixologik portretlar turkumi tashkil etadi: «General Sobir Rahimov», «Fransua Mitteran», «Qiz portreta», «Avtoportret», «Gimnastikachi qiz», «Turgʻut Ozal», «Bill Klinton», «Yoshlik», «Alisher Navoiy», «Shoira Zulfiya», «Onam», «Ular tinchlikʻ istaydi» (chinni, 1989) va b. Butun hayoti va ijodi matonat ramzi boʻlgan haykaltarosh merosi yoshlarga oʻrnak si-fatida katta ahamiyatga ega. «Oʻzbektelefilm»da Mirzarahimovga bagʻishlangan hujjatli film yaratilgan. 1965-y. dan shaxsiy koʻrgazmalari uyushtirilgan. Asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.
Ensiklopediya.uz
MIRZARAHIMOV