MIRZACHOʻL TAJRIBA DALASI

MIRZACHOʻL TAJRIBA DALASI

MIRZACHOʻL TAJRIBA DALASI — Turkistondagi dastlabki i. t. muassasalaridan biri; bevosita dala sharoitida q. x. ekinlari bilan dala tajribalari oʻtkazilgan. Mirzachoʻldagi sobiq Spasskiy posyolkasi (hoz. Guliston sh. hududi)da joylashgan. Mirzachoʻlni oʻzlashtirishda katta rol oʻynagan. 1900-y. da «Turkiston qishloq xoʻjalik jamiyati» tashabbusi bilan tashkil etilgan. 1914-y. riba st-yasi, 2 dala uchastkasi (umumiy mayd. 260 ga dan oshiq) boʻlgan. Styada shoʻrxok yerlar (1912), tajriba dalasi (1914), seleksiya (1914) va entomologiya (1915) boʻlimlari tashkil etilgan, shuningdek, seyalka, plug va b. ni ijaraga beradigan punkti boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
MIRZACHOʻL TAJRIBA DALASI