MIRTOJIYEV Jaloliddin Tursunovich
MIRTOJIYEV Jaloliddin Tursunovich (1954.15.2, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1977). Mirtojiyevning gips, bronzada yaratgan asarlari professional mahorati bilan diqqatga sazovor, asarlaridagi obrazlar yetuk, puxtaligi bilan ajralib turadi. Ilk asarlari «Lola», «Nigora», «Professor Rasulov», «Shum bola» va b. Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida Mirtojiyev ijodi yuksak pogʻonaga koʻtarildi: «Bobur» (1993-y., Andijonda), «Abdulla Qodiriy» (1994, Toshkentda), «Abdurauf Fitrat» (1996—97, Buxoroda), «Abdulhamid Choʻlpon» (1997, Andijon), «Alisher Navoiy» (2001, Moskvada), «Kamoliddin Beqzod» (2003, Chanchun sh., Xitoyda), Amir Temur tavalludining 660-y. ligiga bagʻishlab, «Temur Malik», «Mirzo Ulugʻbek», «Amir Temur», «Chovgon oʻyinida Bobur» va b. asarlarini yaratdi.
Ensiklopediya.uz
MIRTOJIYEV Jaloliddin Tursunovich