MIRSHAB

MIRSHAB

MIRSHAB (arab, mir — hukmdor va shab — tun) — Oʻrta Osiyo xonliklarida maʼmuriy lavozim; tungi shahar soqchisi va ularning boshligʻi. Uning zimmasiga shaharda tungi osoyishtalikni taʼminlash masʼuliyati yuklatilgan. Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan istilo qilingach, Mirshab, asosan, tungi soqchilik hamda tartib va in-tizom bajarilishini taʼminlagan va politsiya vazifasini bajargan. Mirshab mingboshi va katta oqsoqollar ixtiyorida xizmatda boʻlgan. Mac, Toshkentda Okt. toʻntarishigacha Mirshablar tungi shahar soqchisi. Mirshabxona boshligʻi qoʻrboshi deyilgan. Mirshablar tun boʻyi shaqildoq bilan koʻcha va mahallalarni aylanib, shahar osoyishtaligini taʼminlagan. Toshkentning 4 dahasida 10 tadan Mirshab, bir mirshabboshi boʻlgan. 1892-y. gacha Mirshab katta oqsoqolga, keyinchalik Eski shahar polismey-sterchga boʻysungan.

Ensiklopediya.uz
Mirshab