MIRONOV Nikolay Nazarovich

MIRONOV Nikolay Nazarovich

MIRONOV Nikolay Nazarovich (1870.11.10, Samara gubernyasi — 1952.6.7, Moskva) — kompozitor, dirijyor, folklorshunos, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat ar-bobi (1930), Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Margʻilon shahridagi harbiy orkestr dirijyori (1887-y. dan), ke-yinchalik Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent sh. larida konsert guruxlarining tashkilotchisi va rahbari. 1904-y. dan Turkiston, Gʻarbiy Sibir, Qrim, Kavkaz va b. joylarga folklor ekspedi-siyalarni tashkil k. ilgan va yuzlab xalq kuy va qoʻshiklarini yozib olgan. Samarqand musiqa va xoreografiya in-ti tashkilotchilaridan va direktori (1928— 32), Oʻzbek davlat filarmoniyasi xalq cholgʻulari orkestri dirijyori (1936— 38). Kompozitorlik ijodidan 4 opera, 3 musiqali drama, simfonik, vokalsimfonik, xor va kamer asarlari oʻrin olgan. Uzbek, tojik, rus, qalmoq va b. xalqlar kuylarini kayta ishlagan.

Ensiklopediya.uz
MIRONOV Nikolay Nazarovich