Mirkarim Osim (1907–1984) haqida to’liq ma’lumot oling
Post Views:
639
Mirkarim Osim – yozuvchi va tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1944), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977). Toshkentda tug‘ilgan. Samarqandda o‘qituvchilar tayyorlash kursida dars bergan (1930). Davlat nashriyotida muharrir (1931), Pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish institutida ilmiy xodim (1932–49), Fafur Fulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir (1959–72). Navoiy haqida turkum qissa va hikoyalar yozgan (1937–40). O‘rta Osiyo xalqlari tarixining eng qadimgi davridan 1917-yilga qadar kechgan vaqt ichida o‘tgan muhim tarixiy voqealarni va shu davrda yashagan o‘zbek xalqi ulug‘ siymolari hayotini aks ettiruvchi qissa (“To‘maris”, “Shiroq”, “Iskandar va Spitamen”, “Temur Malik”, “Mahmud Torobiy”, “O‘tror” va boshqa) va hikoyalar muallifi. Mirkarim Osim o‘z asarlarida Amir Temur, Ulug‘bek, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mashrab singari o‘zbek xalqining ulug‘ farzandlarining yorqin obrazlarini yaratgan. Uning “Zulmat ichra nur”, “Ajdodlar qissasi”, “Jayxun ustida bulutlar”, “Aljabrning tug‘ilishi”, “Ibn Sino qissasi”, “Singan setor” singari asarlari o‘zbek tarixiy qissachiligining yuksak namunalaridandir.
M.Sholoxov, L.G.Bat va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2001).
“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009-yil
Malumotlar
Mirkarim Osim (1907–1984)