MIOZIN

MIOZIN

MIOZIN — muskul tolalari (miofibrillar)nipt asosiy oqsili. Muskul oqsilining 40—60%ini tashkil etadi. Globulinlarga kiradi. Miozin miofibrillarning boshqa oqsili — aktin bilan birikkanda muskullar qisqarish sistemasining asosiy struktur ele-menti — aktomiozin hosil boʻladi. Miozinning muhim xossalaridan yana biri adenozintrifosfat kislota (ATF)ni parchalab yuborishidir. Ayni vaktda bir talay energiya vujudga keladi va Miozin aktin bilan birikib, muskulning qisqarishini taʼminlaydi. Proteolitik fermentlar taʼsirida Miozin ogʻir meromizoin va yengil meromiozinga parchalanadi. Miozinga oʻxshash oqsillar xivchinlilar, kipriklilar va b. koʻpgina sodda hayvonlar hamda bakteriyalar, hayvonlar spermatozoidlari va baʼzi oʻsimliklarda topilgan.

Ensiklopediya.uz
MIOZIN