MINSK
MINSK — Belorussiya Respublikasining poytaxti, Minsk viloyati markazi. T. y., avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Svisloch daryosining (Berezina irmogʻi) har ikkala sohilida joylashgan. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —6,9°, iyulniki 17,8°. Yillik yogʻin miqdori 646 mm. Aholisi 1719 ming kishi (1998), asosan, beloruslar, shuningdek, rus, ukrain, polyak va b. millat vakillari ham yashaydi. Minsk birinchi marta 1067-y. yilnomalarida «Menesk» shaklida tilga olingan. 12-a. boshlarida Minsk knyazligining maʼmuriy markazi, 14-a. da Litva va Polsha qoʻl ostiga oʻtdi. 1569-y. dan Minsk voyevodaligining markazi. 1793-y. da Rossiyaga qoʻshib olindi. 1919-y. 1 yanv. dan Belorussiya shoʻrolar Respublikasi poytaxti. 2jahrn urushi davrida 80% tupap joy binolari, barcha f-ka va z-dlar, elektr st-yalar, ilmiy muassasalar, teatrlar qattiq shikastlandi, baʼzilari yoʻq boʻlib ketdi. 1944-y. 3-iyulda Minsk nemis-fashistlar okkupatsi-yasidan ozod qilindi. 2-jahon urushida koʻrsatgan mardligi va qahramonligi va shaharning ozod qilinganligi munosabati bilan Minskga qahramon shahar unvoni berildi (1974-y. 26 iyun). M. 1991-y. dan mustaqil Belorussiya Respublikasining poytaxti. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. «MTZ» traktor z-di, avtomobil «Belavto «MAZ» i. ch. birlashmasi, stanoksozlik, avtomatik liniyalar, motor, podshipnik, isitish uskunalari, elektrotexnika, sovitkich, asbobsozlik, elektron-hisoblash mashinalari, ressor z-dlari faoliyat koʻrsatadi. Kimyo sanoati (tibbiy pre-paratlar, lok-boʻyoq z-dlari), mebel qurilish materiallari (gips va chinni, kurilish materiallari va yirik blokli qurilish detallari k-tlari, uysozlik z-dlari), yengil (kamvol va mayin movut k-tlari, koʻn, tikuvchilik, trikotaj f-kalari), oziqovqat sanoatlari korxonalari (goʻsht, sut, un k-tlari, qandolatpazlik, tamaki f-kalari, non, margarin, pivo z-dlari), poligrafiya k-ti bor. 1984-y. da metropoliten ishga tushirilgan. Minskni mahalliy TES va b. elektr st-yalar elektr energiya b-n taʼminlaydi. 13 oliy oʻquv yurti, 29 ilmiy tadqiqot in-ti, 7 teatr, 12 muzey, sanatoriylar bor.
Ensiklopediya.uz
MINSK