MINGTEPA
MINGTEPA — dafn inshooti qoddigʻi. Toshkent viloyati Ohangaron voyaiysida joylashgan. 2—3 km2-maydonni egallagan 1000 ga yaqin doʻnglik (diametri 2,5 m dan 30 m gacha, bal. 0,5—3,5 m) dan iborat. Mingtepaning 7 guruhi mavjud: Toʻytepa qishlogʻi jan. dagi Toʻytepa, Pskent qishlogʻining jan.-sharqidagi Pskent, jan.-sharqiy Alimkent, Boʻka qishlogʻidan 4,5 km uzoklikdagi Boʻka, Olmaliqsoy va Noqpoy oʻrtasidagi Noqpoy, Qoraxitoy qishlogʻining shim.gʻarbidagi Qoraxitoy, Oqcha qishlogʻining sharqidagi Okcha Mingtepaning asosini gumbazli hujralar va pastbaland yertoʻlalar tashkil etadi. Qabrlardan har xil qurol, ziynat buyumlari, dastasi hayvon shaklida ishlangan idishlar topilgan. Topilmalar mil. av. 1-a. dan mil. 5—7-a. largacha boʻlgan davrlarda yashagan koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi xalqlarga mansub.
Ensiklopediya.uz
MINGTEPA