MINGCHUQUR GʻORI

MINGCHUQUR GʻORI

MINGCHUQUR GʻORISurxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanidagi gʻor. Gulbair togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻrida, 2390 m balandlikda joylashgan. Yura davri ohaktoshlarida hosil boʻlgan. Gʻorning ogʻzi jan.-sharq tomonga uchburchak shaklida ochilgan (eni 0,6 m, bal. 1,3 m). Gʻor bir qancha yoʻlak va yoʻlakchalardan iborat (eni 0,6—2,5 m dan 3—4,8 m gacha, bal. 1—2 m dan 3—4 m gacha). Ichida suv sarfi 4 l/sek va suv t-rasi 27° boʻlgan jilgʻa oqadi. Suvining tarkibi sulfatkalsiyli. Fop ichkarisida nisbiy namlik iyun oyida 98% ga yetadi. Gʻorning umumiy uz. 86 m, mayd. 130 m2, hajmi 330 m3 dan ziyod.

Ensiklopediya.uz
MINGCHUQUR GʻORI