Ming yillik masalalari. Million dollarlik mukofot! to’liq malumot oling
Kley matematika instituti tomonidan e’lon qilingan “Ming yillik masalalari” (Millennium Prize Problems) uzoq yillardan beri isboti topilmayotgan yetita matematik muammodan iborat. Bu masalalarning har birining yechimi uchun Kley instituti million AQSH dollari miqdorida mukofot va’da qilgan.
Kley instituti mukofotni e’lon qilarkan, uni 1900-yilda e’lon qilingan Gilbert muammolari bilan qiyosladi. O‘sha muammo uchun va’da qilingan mukofot XX asr matematiklariga juda katta ta’sir o‘tkazgani ta’kidlandi. Gilbert muammolari 23 ta masaladan iborat edi. Ulardan aksariyati hozir yechimi topilgan. Yechimsiz qolganlaridan biri – Riman gipotezasi “Ming yillik masalalari”ga ham kiritilgan.
Hozirgacha ushbu yetti masaladan faqat bittasigina yechimini topdi: Peterburglik matematik olim Grigoriy Yakovlevich Perelman “Puankare” gipotezasi isbotini topib, yechimini e’lon qildi. Qolgan oltita muammo esa hamon yechimini kutmoqda, ular:
P- NP klasslarining tengligi nazariyasi
Xodj gipotezasi
Riman gipotezasi
Yang — Mills nazariyasi
Navy — Stoks tenglamalari
Berch va Svinerton-Dayer gipotezasi
Peterburglik matematik olim Grigoriy Yakovlevich Perelman 2010-yil “Puankare” gipotezasi isbotini topib, yechimini e’lon qildi. Ammo u mukofotdan voz kechdi. U o‘zi va yolg‘iz onasi uchun beriladigan arzimagan nafaqa hisobiga g‘aribona kun kechiradi, kompyuter va yana boshqa allambalo hisoblash texnikalaridan foydalanmaydi. U doim Peterburg chetidagi kichik kulbasida bir nuqtaga tikilganicha muttassil o‘ylanib o‘tiradi. Undan intervyu olmoqchi bo‘lgan jurnalistlar va voz kechilgan mukofotni o‘z hisobiga o‘tkazib berishni so‘rab va talab qilib(!) kelayotganlarning esa sanog‘i yo‘q. Lekin Perelman o‘z onasidan boshqa hech kim bilan gaplashmaydi.
Onasining aytishicha, hozir u qolgan muammolardan birining ustida bosh qotiryotgan bo‘lishi mumkin ekan. Mukofotni olish yoki “Xayriya fondi” kabi boshqa tashkilotlarga o‘tkazish haqidagi fikrga esa uning javobi qat’iy: “Ilm pul bilan o‘lchanmaydi!”
Qiziquvchilar uchun: claymath.org/millennium/
Maqola orbita.uz saytidan olindi. Original maqola → Ming yillik masalalari. Million dollar mukofot…!
Muqova surat: freepik.com
Boshqa mavzular
Ming yillik masalalari. Million dollarlik mukofot!