Mimoza salati tayyorlash — retsepti, rasmlari bilan bosqichma-bosqich
MIMOZA SALATI TAYYORLASH RETSEPTI Yog’da konservalangan baliq – 200 g (1 banka); Ishni sabzi, kartoshka va tuxumni qaynatib olishdan boshlash kerak. Qaynatilgan mahsulotlar sovutilib, po’stlog’idan tozalanadi.Mimoza salati tayyorlash — retsepti, rasmlari bilan bosqichma-bosqich
DO`STLARGA ULASHING:
“Mimoza” salati – pazandalik klassikasi sanaladi. Maydalangan tuxum sarig’i bilan bezatilgan ushbu salat gullarni eslatib, dasturxonga bayramona qiyofa bag’ishlaydi, shuning uchun Mimoza salati bayram marosimlarida tez-tez tayyorlanadi. Salat juda yumshoq va to’yimli sanaladi, quyida uning klassik retsepti sizga havola etiladi.
Tayyorlash vaqti: 25 daqiqa | Portsiyalar soni: 7
Kerakli masalliqlar:
Kartoshka – 300 g;
Sabzi – 200 g;
Piyoz – 100 g;
Qattiq pishloq – 150 g;
Mayonez – 250 g;
Tuxum – 4 dona;
Ko’katlar (kashnish, shivit) – 50 g;
Tayyorlash jarayoni
Qirg’ichning kichik tishidan sabzi, kartoshka, tuxumning sarig’i va oqi, pishloq chiqariladi. Barcha masalliqlar hozircha alohida idishchalarga solinadi.
Salat tayyorlanadigan likopchaga baliq yog’i bilan birgalikda solinib, sanchqi yordamida ezib, tekislanadi. Ustidan biroz mayonez surtiladi.
Baliq ustidan tuxumning oqi yoyiladi, yana bir qavat mayonez surtiladi. Tuxum oqidan so’ng navbat qirg’ichdan chiqarilgan sabziga keladi, u ham tekis qilib yoyiladi va ustidan mayonez surtiladi.
Mimoza salati tayyorlash — retsepti, rasmlari bilan bosqichma-bosqich