Milliy raqs xalqimizning eng munavvar qadriyati
Xaridor: Rahmat sizga, menga ham binafsharang adras yoqdi. Shu adrasdan necha metr olsam bo‘ladi. Qizimga pushti rangli adrasni olamiz. Qizimga necha metr olishim kerak?
Tatar milliy liboslari
Ehtimol, xalqning milliy kostyumlari, masalan, jang san’ati, ilohiy va til muhimdir. U o’ziga xos fuqarolikka ega bo’lgan shaxsni aniqlaydi, milliy xususiyatlarni va xususiyatlarini tasvirlashga imkon beradi. Milliy liboslar yordamida, ularning nozikligini bilib, ular bir yoki bir millatga tegishlimi-yo’qligini aniqlash oson. Milliy kostyumni shakllantirish har doim odamlarning iqlim sharoitlari, axloqiy tamoyillari va asoslari, shuningdek, davlatning iqtisodiy siyosatining o’ziga xos xususiyatlari bilan o’ynaydi. Kostyumlar yangilanib, o’zgartirildi, yangilik va urf-odatlarni o’zlashtirdi. Tatar xalq kostyumi istisno emas, uning shakllanishi va rivojlanishining uzoq yo’lini bosib o’tdi.
Tatarlarning milliy liboslari materiallar ishlab chiqarish, ko’p qirrali bezaklar bilan bosh kiyimlar, nozik zargarlik buyumlari va turli xil poyabzallar ishlab chiqarishdan iborat xalq amaliy san’atini namoyon etadi.
Tantanali erkaklar kiyimi xususiyatlari
Tatar xalqining milliy liboslari ansambli bir vaqtning o’zida birlashtirilgan va uyg’undir, tatar kiyimlarining barcha elementlari, mutlaqo, to’qimalar, ranglar va siluetlar bilan bir-biri bilan birlashtirilgan. Tashqi kiyimlar muttasil orqa tomonga o’rnatilishi kerak, ko’ylak uchun qo’lsiz kostyum kiyib olinadi. Ko’ylakning yuqori qismida erkaklar xo’tikka bilan bo’yinbog’ bilan kiyib olgan edi. Chickmenlar va butalar, shuningdek, yostiqli paltolar va mo’ynali kiyimlar sovuqda ishlatilgan. Bosh panjasi Tatar xalqining milliy libosining ajralmas qismi hisoblanadi. Erkaklar to’rtburchakdan tashkil topgan bir bosh kiyim kiyib yurishdi. Ularning yarmida yoki konusning shakli bor edi. Bosh panjasi tikish bilan bezatilgan, qishki yillarda esa mo’ynali kiyimlar kiygan edi.
Xotin-qizlar milliy folklor kostyumi
Ayollarning xalq kostyumi tatar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini yanada aniq ifodalaydi. Umumiy siluet kesilgan, trapezoidal shaklga ega, pidjakning pastki qismi chiziq yoki mo’yna bilan bezatilgan. Kostyum, zargarlik buyumlari bezaklari va turli bezaklar, shuningdek tikish va rang-barang boy ranglar juda ko’p qo’llanilmoqda. Xurmo har doim tatar bahosida edi, va badavlat oilalardan kelgan tatarlar uning liboslarini tugatgan holda muvaffaqiyatli qo’llashdi.
Ayolning boshlig’i uning oilasi va ijtimoiy mavqei haqida gapirar ekan, turmushga chiqmagan qizlar engil mato libos kiyib olganlar. Turmushga chiqqan tatarlar shollarni va sharflar yordamida sochlarini boshqa birovning ko’zlaridan yashirgan holda, boshlarini yopishi kerak edi. Peshonada va temporal zonada tushgan zargarlik buyumlari, boncukla bezatilgan chiziqlar.
O’sib kelayotgan yosh avlod ongu shuuriga ezgulik va nafosat, estetik-ma’naviy kamolotga muhabbat tuyg’ularini singdirishda o’zbek milliy raqs san’atining o’rni hamda ahamiyati beqiyos. Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an’analari ifodalanadi.
O’zbekiston Prezidentining 2020 yil 4 fevraldagi “Raqs san’ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda “Milliy raqs san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari madaniyat va san’at taraqqiyotida o’ziga xos tarixiy voqea bo’ldi. Ayni qarorlar asosida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi negizida davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida Madaniyat vazirligi tizimida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tashkil etildi.
Ushbu akademiyada o’qitishning zamonaviy va ilg’or uslublaridan keng foydalanish, o’quvchilar iqtidorini har tomonlama rivojlantirish ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san’at sohasida ilm-fan bo’yicha erishilgan ilg’or yutuqlarni tatbiq etish hamda ilmiy tadqiqotlar natijalari bo’yicha ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish bugungi kunning muhim masalalari sanaladi.
Bundan maqsad — raqs ta’lim tizimini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlashga bo’lgan ehtiyojni to’la qamrab olish, yangi avlod darsliklari yaratishdan iborat.
Ayni paytda akademiya rektori SH.Toxtasimov rahbarligida ayni kunlarimizgacha etib kelgan madaniy-ma’rifiy merosni dunyo xalqlariga yaqindan tanishtirish, o’zbek milliy raqs san’ati va madaniyatini keng targ’ib qilish borasida jiddiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar zamonaviy o’zbek xoreografiyasining, o’zbek milliy raqs san’atining nazariy masalalari va echimlari bayon etilgani bilan qimmatlidir.
Shu o’rinda bir ma’lumotni keltirib o’tmoqchimiz. Taniqli san’atshunos, O’zbekiston xalq artisti R.Karimova “O’zbek raqslari” kitobida “O’zbek xalqining milliy iftixori bo’lgan raqs san’ati necha-necha asrlar davomida shakllandi, rivoj topdi. Lekin bu san’at turi yozma ravishda o’z aksini topmagan”, degan edi. O’zbekiston milliy entsiklopediyasida esa: “O’zbekistonda garchi raqs asrlar davomida yashab, rivojlanib kelgan bo’lsa-da, o’tmishda raqs yozilmagan. Natijada qanchadan-qancha mumtoz va xalq raqslari izsiz yo’qolib ketgan. etnograf Iraida Baxta Farg’ona raqs turkumini so’z bilan yozib olganligi ta’kidlanadi. Umuman, ko’pchilik raqsshunos mutaxassislarning tadqiqotlarida “o’zbek raqslarini yozib olish XX asrning 30-yillaridan boshlandi”, degan fikr ilgari surilgan. Iste’dodli xoreograf-san’atshunos SH.Toxtasimovning “G’olibo ul raqs aning ixtiroidur. ” (hammuallif H.Hamroeva) maqolasida milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil odimlayotgan mamlakatimizda xalqimizning ma’naviy kamolotini, estetik saviyasini belgilovchi ko’plab badiiy qadriyatlarimizning yangi qirralarini kashf etishga, ularning tarixiy ildizlarini tizimli o’rganishga alohida e’tibor berilgan.
Mualliflar buyuk mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining turkiy nasrning betakror namunasi bo’lmish “Boburnoma” asaridan raqs san’ati haqidagi qimmatli fikrlarni keltirar ekan: “Milliy madaniy merosimiz haqida so’z ketganda, raqs yozuvi azaldan mavjud ekanligi ilmiy jihatdan tan olinishi shart. Zero, milliy raqs san’atimiz nafaqat yurtimizda, balki xorijiy mamlakatlarda ham katta qiziqish bilan o’rganilayotgan ma’naviy-estetik qadriyatlar tizimidir. “Boburnoma” muallifi Sayid Badr ismli kishining raqsdagi ixtirosi va Hindiston lo’lilari “o’yun”idagi ijro jarayoni haqidagi fikrlarini juda aniq, ilmiy mukammallikda bayon etadi. Bu mukammallik zamirida atoqli davlat arbobi, ulug’ shoir Bobur mirzoning san’atshunos-tilshunos-etnograf sifatidagi teran bilimi, raqs nafosatini bevosita amaliyot bilan bog’lab tahlil eta olish salohiyati borki, u o’zining qonuniy bahosini olishi shart. Va bu mulohazalar biz hali tariximizni to’liq bilmasligimizni, SHarqda qadimdan raqslarni yozma ifodalash tajribasi borligini anglatadi”, deydi.
Akademiya ilmiy jamoasi milliy raqs san’atiga oid muammolarning echimini izlash va topishda, bu haqda jamoatchilikning fikrini uyg’otishda alohida fidoyilik ko’rsatmoqda. Pol`shada ingliz tilida chop etilgan “Xorazm “Lazgi”si haqida” maqolasida xalfachilik san’atiga asoslangan “Garmon Lazgi”ning yangi qirralari haqida, “Uzbekskoe natsional`noe tantseval`noe iskusstvo: ot stanovleniya k povыsheniyu” (“O’zbek milliy raqs san’ati: tiklanishdan yuksalish sari”, Rossiya) nomli tadqiqotda esa milliy raqsning tarixiy ildizlari xususida fikr yuritiladi.
SHuningdek, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “O’zbek milliy raqs san’atini targ’ib qilishga bag’ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari to’plamini yaratish” mavzusida tayyorlangan ilmiy-amaliy loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligining olimlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovi g’olibi sifatida barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o’tib, moliyalashtirishga tavsiya etildi. Bugungi kunda loyiha ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi o’zbek raqs san’atining tarixi, tarixiy an’analari, nomlari va usullarini tiklash hamda boyitish, milliy raqs tarixini vatanimizning o’tmishi, jahonga mashhur allomalarimizning hayoti va ijodi bilan bog’liq holda o’rganishdir. SHuningdek, millatimizning o’zbekona fazilatlari, milliy qadriyatlari, boy ma’naviyatini aks ettiruvchi raqslari va sahna liboslari, bezak va taqinchoqlarini keng jamoatchilikka, xususan, xorijiy davlatlar va sayyohlarga namoyish qilish ham muhim o’rin tutadi. Milliy raqs san’ati sohasida maktab yaratgan ustozlarning ijodiy faoliyatini, raqs nomlarining ma’no-mazmunlarini, elementlari, ramz, harakat va ishoralarining mohiyatini o’rganish, o’zbek milliy raqsining tarixiy ildizlarini aniqlab, raqslar va atamalarning hududiy xaritasini va kartotekasini tuzish, uning jahon madaniyatida tutgan o’rnini mustahkamlash borasida ham e’tiborga molik ishlar amalga oshirilishi belgilangan. Yo’qolib borayotgan noyob raqs namunalarini to’plash, ularning tarixi va tavsifining izohli lug’atini yaratish, respublikaning barcha viloyatlari va tumanlariga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilish esa loyihaning muhim yo’nalishlaridan birini tashkil qiladi. Audio va videomahsulotlar doirasida jonli interv`yular tayyorlash hamda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning o’zbek madaniyati, jumladan, o’zbek milliy raqs san’ati an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi faoliyatlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida ular bilan madaniy hamkorlikni kuchaytirish ham asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi.
SHu nuqtai nazardan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi hamkorligida o’zbek milliy raqs san’atining tarixi, an’analari, etuk namoyandalari, atamalari, liboslari, bezaklari va taqinchoqlari haqida tayyorlanadigan mul`timedia mahsulotlari milliy madaniy markazlar va xorijdagi vatandoshlarning jamoat tashkilotlari uchun zarur manba bo’ladi. Bugungi kunda loyiha ilmiy guruhi ham o’z oldiga qo’ygan maqsad hamda rejalarini ushbu qarorda belgilab berilgan vazifalar bilan uyg’un tarzda amalga oshirib kelmoqda, dastlabki izlanishlarning natijasi ko’rinmoqda. Ustoz — shogird an’analariga asoslanib, O’zbekiston xalq artisti, Xorazm raqs maktabining etuk namoyandasi va targ’ibotchisi Gavhar Matyoqubova hayoti va ijodiy faoliyatiga bag’ishlangan monografiya hamda “Xorazm “Lazgi”si: tarixi va tavsifi” nomli lug’at-al`bom ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
YAqinda loyiha doirasida Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda YOzuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Can’at va adabiyot: ilmiy-amaliy izlanishlar yo’lidagi ilk odimlar” 1-Xalqaro ilmiy-amaliy talabalar onlayn konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Unda mamlakatimizdagi oliy o’quv yurtlari bilan bir qatorda Moskva davlat universiteti, Osiyo va Afrika xalqlari instituti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Turkiyadagi Neyde universiteti talaba va magistrlari o’zbek san’ati, madaniyati va adabiyotiga oid maqola hamda ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Mamlakatimizda milliy va umumbashariy ahamiyatga molik milliy raqs san’atini yanada yuksak mavqega ko’tarishga xizmat qiladigan, tarixiy ahamiyatga ega islohotlar amalga oshirilmoqda. Milliy raqsimiz millat tarixini, ruhiyati, orzu-umidlari va armonlarini aks ettiradigan san’at namunasi hisoblanadi. Uning tarixini o’rganish xalqning urf-odatlari, an’analarini, buguni va kelajagini o’rganish, tadqiq qilish demakdir. Akademiya ilmiy jamoasi sa’y-harakati milliy raqs millatning o’zligini, qadim orzu-umidlarini aks ettirishini yoshlarga tushuntirish milliy raqslarimizni bebaho madaniy merosimiz, mamlakatimizning tashrif qog’ozlaridan biri sifatida asrab-avaylashga qaratilgan. SHuningdek, o’zbek raqs san’atini targ’ib qilishga, iste’dodli talabalarning xorijdagi nufuzli oliy dargohlarda tahsil olishlariga, bu borada xalqaro aloqalarni kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Ayni kunlarda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Moskva davlat lingvistika universiteti bilan o’zaro hamkorlik haqida shartnoma tayyorlanmoqda. Zero, milliy raqs san’atining madaniy hayotimizdagi o’rnini belgilash, uning yo’qolib borayotgan turlarini tiklash va noyob namunalarini asrab-avaylash, yanada rivojlantirish, dunyo miqyosida tanitish va targ’ib qilish eng ustuvor vazifalardan biridir.
Hulkar HAMROEVA,
O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi katta o’qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi
Sana: Sinf:10 MAVZU: MILLIY LIBOSLAR. 1-DARS
(Ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarga ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu.
1-topshiriq. Rasm asosida suhbatlashing. O‘zbek milliy liboslarining ko‘rinishlariga o‘z munosabatingizni bildiring.
2-topshiriq. Matnni o‘qing.
Milliy liboslar o‘zbek xalqining boy madaniy an’analari, turmush tarzi va boy tarixiy ildizlaridan darak beradi. O‘zbek milliy kiyimi – o‘zbek xalqining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi davrlarda yaratilgan va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan kiyimlardir. Milliy kiyimlar har bir mintaqada o‘ziga xos farq va xususiyatlar bilan ajralib turadi.
O‘zbek milliy libosiga ayollar uchun – zar chopon, do‘ppi va nimcha, erkaklar uchun do‘ppi, chopon, belbog‘ va yaxtak kiradi. O‘zbek milliy libosi jahonda o‘z o‘rniga ega. Masalan dunyoning turli joylaridan kelgan mehmonlar O‘zbekistonning milliy libosi va madaniyatiga yuqori baho berishmoqda. O‘zbek milliy libosi va madaniyati o‘zgacha jozibadordir. Hozirda o‘zbek tikuvchilari chet mamlakatlarga borib ularga o‘zbek libosini o‘ziga xos jihatlarini namoyon qilishmoqda. O‘zbekistonga mehmon bo‘lib kelgan sayohatchilar vatanimizni tarixiy obidalari, me’morchilik san’ati, milliy urf-odatlariga katta qiziqish bilan e’tibor beradilar. Esdalik sifatida atlas, do‘ppi, belbog‘, chopon va boshqa me’morchilik uslubida ishlangan sovg‘alar olib ketadilar.
Do‘ppi – O‘zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do‘ppi asosan baxmal, ipak, zar bilan tikiladi. O‘zbekistonda Chust, Toshkent, Samarqad, Buxoro, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari mashhur. Ayniqsa, Chust do‘ppilari keng tarqalgan bo‘lib, O‘zbekistonning deyarli hamma viloyatlarida tayyorlanadi.
Chopon (to‘n) o‘zbek xalqining qadimiy – ustki milliy kiyimlaridan biridir. Choponni O‘zbekistonning deyarli bar cha viloyatlarida erkaklar ham ayollar ham kiyishadi. Chopon zar va ipaklar bilan bezak berib ham tikiladi.
Bilib oling!
O‘zgalar nutqini aynan, o‘zgarishsiz berish ko‘chirma gap deyiladi. Ko‘chirma gap 2 qismdan: ko‘chirma va muallif gapidan iborat. Ko‘chirma gaplar muallif gapidan oldin, keyin yoki uning o‘rtasida kelishi mumkin. Ko‘chirma gaplar qo‘shtirnoq ichiga olinib yoziladi. Muallif gapining kesimi dedi, deb so‘radi, deb javob berdi, gapirdi, so‘zladi, aytdi kabi fe’llar bilan ifodalanadi
«Ertaga muzeyga boramiz», – dedi o‘qituvchimiz.
O‘qituvchimiz dedi: «Ertaga muzeyga boramiz».
O‘qituvchimiz: «Ertaga muzeyga boramiz», – dedi.
Ko‘chirma gaplarning tuzilishi va ularda qo‘llanadigan tinish belgilarni bilib oling!
«K», – m. «K? », – m. «K!» – m.
- «Men maymunjon tergani shu yerga kelgan edim», – dedi Qo‘ziboy.
- «Qani, ukajonlar, ashulani to‘xtatmanglar!» – dedi Marhamat. 3. «Arilarning g‘ashiga tega ko‘rmanglar, bir yopishsa qo‘ymaydi!» – deb ogohlantirdi Olimov.
1. Shodmon aka kulib dedi Chirchiq, Bekobod shaharlariga borsangiz og‘zingiz ochilib qoladi. 2. Eng og‘ir kunlarda ham yaylovdan kechmaganman, endi tashlab ketarmidim deb javob berdi Yo‘ldosh bobo. 3. Poda shov-shuvi ichida Polvon otaning qo‘rqma, chirog‘im, polvonning qo‘lidan mol bolasi qochib qutulgan emas degan ovozi eshitildi. 4. Onam buvimga qarab dedi qo‘ying, o‘qisin, mulla bo‘lsin bolam.
Mustaqil ish. Ona tilingizga tarjima qiling va daftaringizga ko‘chiring.
1. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. 2. Aytilgan yerga bor, erinma, aytilmagan yerda ko‘rinma! 3. Kelar eshigingni qattiq yopma. 4. Havo ochiq. Shimol tomondan esayotgan yengil shabada quyosh taftini bir oz bosib turardi. 5. Savolni javobsiz qoldirma, do‘stingni e’tiborsiz. 6. Ulug‘lik yoshda emas, boshda.
- // bugun kim navbatchi // // // deb so‘radi o‘qituvchimiz // 2. Komila // // men bilan ketadiganlar bormi // // // deb so‘radi// 3. // arilarning g‘ashiga tega ko‘rmanglar // bir yopishsa qo‘ymaydi // // // deb ogohlantirdi asalarichi. 4. // men har yili yozda Burchmullaga kelaman // // // dedi Zebo. 5. // bugun biz // // dedi sinf sardori // // maktab bo‘yicha navbatchimiz // //
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU: MILLIY LIBOSLAR. 2-DARS.
(Ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarga ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.Milliy qadriyatlarimiz, milliy liboslarimiz haqida tushuncha berish.Hunarli xor bo‘lmas shiori ostida tarbiyalash. Mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
3-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing. O‘zingiz ham suhbat yarating.
Sotuvchi: Assalomu alaykum, xush kelibsiz! Xizmat. Nima xarid qilmoqchi edingiz?
Xaridor: Vaalaykum assalom, rahmat, agar mumkin bo‘lsa, menga maslahat bersangiz.
Sotuvchi: Bajonidil, eshitaman, xizmat.
Xaridor: Hozir urf bo‘lgan adras, atlas matolaridan xarid qilishimga yordam bersangiz. Hozir qaysi rang, qaysi adras yoki atlas urfda. Men qizimga va o‘zimga bir xil qilib olmoqchi edim.
Sotuvchi: Siz to‘g‘ri qaror qilgansiz. Bizning do‘konga kelib. Bu yerda eng so‘nggi rusumdagi asl mollar bor. Hozir emas, asrlar davomida ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan adras, atlaslar urfdan qolmagan. Bular o‘zbek xalqining milliy matolari hisoblanadi. Sayillar, bazmlar, hatto kunlik ishga ham bu matolardan bejirim ko‘ylaklar tiktirib, yal-yal yondirib, ko‘zlarni quvontirib kiyishayapti. Marhamat, qaysi rangni xohlaysiz, atlas va adraslarning yirik va mayda nusxali turlari ham bor. Menimcha, sizga yashil, binafsharang yoki qora rangdagi mayda nusxali adraslar to‘g‘ri keladi. Chunki bo‘yingiz baland, to‘ladan kelgan chiroyli ayol ekansiz. Bu adraslar sizni yana ham ochadi, husningizga husn qo‘shadi. Qizingizga kelsak, u ham kelishgan ekan. Ularga qizil, pushti, sariq rangdagi adraslar to‘g‘ri keladi. Bu ranglar ularning husnini yana ham ochadi.
Xaridor: Rahmat sizga, menga ham binafsharang adras yoqdi. Shu adrasdan necha metr olsam bo‘ladi. Qizimga pushti rangli adrasni olamiz. Qizimga necha metr olishim kerak?
Sotuvchi: Mening taklifim, o‘zingizga 10 metr, qizingizga 7 metr olsangiz bo‘ladi.
Xaridor: Maslahatingiz uchun rahmat o‘rab bering.
Sotuvchi: Marhamat, kelib turing, xaridingiz uchun rahmat.
Xaridor: Rahmat, salomat bo‘ling. Sizning doimiy xaridoringiz bo‘lamiz.
Bilib oling!
Ko‘chirma gaplar ko‘proq dialogik nutqda ishlatiladi. Bunda ko‘chirma gaplar badiiy asarlarda qo‘shtirnoqlarsiz, xat boshidan faqat tire qo‘yilgan holda yozilishi ham mumkin
Masalan: Xudoyberdi Navoiyga qarab dedi: – «Hazratim, tandrni qurolmadim». Navoiy unga javoban dedi: – «Tandirni qurolmas ekansan, uyni qanday qurasan?»
3-mashq. Ma’lumot uchun berilgan muallif gaplaridan mosini qo‘yib gaplarni davom ettiring.
1. Guruhimiz a’zolari sport musobaqalarida birinchi o‘rinni oldilar… . 2. Bizga choy keltirib bersangiz … . 3. Qirg‘ovul bilan bedana … hech qachon tushgan joyida turmaydi. 4. To‘g‘ri, bizning guruh bu yil rejani ortig‘i bilan bajarishni mo‘ljallagan … . 5. – Sherali … otlaring poygaga tayyormi? – tayyor, egarlasam bo‘ldi … .
Ma’lumot uchun: (dedi Lola, deb iltimos qildi Mehri opa, dedi Qo‘chqor kulib, deb tasdiqladi Mardon, dedi Mehri opa, deb dadil javob berdi Sherali).
D) Mustahkamlash
4-mashq. Quyidagi maqollarni muallif gapi va zarur tinish belgilarini qo‘yib o‘qing va yozing.
1. Tabassum yaxshilikning belgisidir … . 2. … sen o‘zingni emas, o‘zga seni maqtasin. 3. Har orzuning avval boshi mehnatdir … . 4. … qimirlagan qir oshar. 5.Mehnat bilan o‘tgan umr … el ko‘nglini chog‘ etadi. 6. … hali yoshsan, kattalardan eshit, o‘rgan … . 7. Mehnatsevar bo‘lsak, … ezmalik bizdan nari bo‘ladi. 8. Olim bo‘lish oson, … odam bo‘lish qiyin. 9. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar, yomonga yaqin yursang, balosi yuqar … .
4-topshiriq. Berilgan matnni o‘qing va mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkazing.
Bilganimda edi.
U yangi do‘ppisini boshidan olib, javonga qo‘ydi. Keyin qog‘ozga o‘rog‘liq allanimani ohista ochdi. Ko‘zlarida yosh paydo bo‘ldi. Haligi qog‘ozni stol ustiga qo‘yib, ichidan bir oz uringan do‘ppini olib kiydi.
-Kattaroq-ku, bolam, – dedi uni kuzatib turgan onasi o‘g‘liga yaqinlashib, – yangi do‘pping tuzukmidi? ..
Akbarning o‘zi ham buni biladi. Lekin shu Chust do‘ppini asrab qo‘yishga ahd qilgan-da. Akbar onasining bo‘ynidan quchdi.
-Xolangga salom ayt, ertaga, albatta, borarmishsiz, degin.
Akbar yo‘lda bir mo‘ysafidga duch keldi. Uning qo‘lida katta tugun bor edi. Aftidan char chagan ko‘rinar edi. Akbar indamay o‘tolmadi. Salom berdi. Chol alik ola turib:
-Shu tugunimni ko‘tarib yubor bolam, uyim huv narigi ko‘chada, – dedi.
Akbar otaning so‘zini ikki qilolmadi…
F) Baholash
Uyga vazifa. O‘z xalqingizning milliy liboslari haqida ma’lumot to‘plab keling.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU: MILLIY LIBOSLAR. 3-DARS
(Ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarga ko‘chirma gaplar, ularda tinish belgilarining qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.Milliy qadriyatlarimiz, milliy liboslarimiz haqida tushuncha berish.Hunarli xor bo‘lmas shiori ostida tarbiyalash. Mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
Adabiy o‘qish
5-topshiriq Matnni o‘qing, berilgan savollar asosida o‘zaro suhbatlashing.
Atlas qadimiy va milliy matolardan biridir
Har bir xalqning o‘z milliy urf-odatlari, an’analari bo‘lgani kabi o‘zbek xalqining ham minglab asrlarga mansub milliy urf-odatlari, an’ana-yu madaniyati bor. Xalqimizning milliyligi uning yurish-turishida, kiyinishida ham namoyon bo‘ladi. Biz milliy matolarimiz to‘g‘risida ma’lumot berishni joiz deb topdik. Milliy matolarga atlas, adras, beqasam kabi bir-biridan bejirim, serjilo matolar kiradi. Atlas O‘zbekistonda keng tarqalgan ayollar libosidir, bu libos ipakdan tayyorlanadi. O‘zbekistonda ipakchilik rivojlanganligi uchun atlas deyarli hamma viloyatlarda kiyiladi. Bu libosga har xil shakllar berib bezashadi. Bu esa o‘zbek ayollarini yanada jozibali qiladi. O‘zbekistonda eng mashhur atlas Marg‘ilon shahrida to‘qiladi.
Bu matolardan turli dizaynda liboslar tikiladi. Atlasdan ayollar liboslari, ko‘rpa, ko‘rpachalar, erkaklar qiyig‘i va boshqa buyumlar tikiladi. Atlasdan yana ayol-
lar va erkaklar uchun choponlar ham tikiladi. Atlas va adrasning mashhur turlari ko‘p bo‘lib, hozirda atlas va adrasning o‘nlab turlari uchraydi. Bular quyidagilar: «Marg‘ilon», «Navro‘z», «Qora», «Shaxmat», «Nomozshom». Bugungi kunda milliy matolarimizni to‘qish san’ati jadal rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari atlas va adrasdan milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda ko‘plab liboslar yaratilmoqda. Siz bu kabi liboslarning turfa xillarini uchratishiningiz mumkin. Adras 1920-yillarda Marg‘ilon, Xo‘jand, Buxoro, Samarqand va boshqa joylarda to‘qilib, Markaziy Osiyo bozorlaridan tashqari Afg‘oniston, Xitoy kabi qo‘shni mamlakatlarda ham sotilgan. Milliy matolar jilosi o‘zbek milliy matolari tarixi qadim davrlarga borib taqaladi. O‘zbek hunarmandlarining qalb qo‘ridan yaralgan mato uzoq tarixga ega bo‘lgan milliy matomiz atlas ko‘plab qimmatbaho matolardan-da qadrliroqdir. «Atlas» so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda tekis, silliq degan ma’noni anglatadi. Atlas tabiiy ipakdan to‘qiladi. Atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalgan. XX asr boshlarida bu yerda ko‘palab mohir atlas to‘quvchilar bo‘lgan. Hunarmand ustalar tomonidan yaratilgan xalq amaliy san’atining nodir asarlaridan namunalarni ko‘rgazmalarda namoyish etish orqali o‘zbek xalqining boy merosini tashrif buyuruvchilarga, ayniqsa, O‘zbekiston yoshlariga va chet ellik mehmonlarga ko‘rsatishdir.
Uyga vazifa.
O‘zingizning milliy matolaringiz haqida yozib keling.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU: DUNYO TAOMLARI (1-DARS)
(O‘zlashtirma gaplar. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarg o‘zlashtirma gaplar, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.O‘quvchilarga dunyo taomlari haqida ma’lumot berish. Taomlarni isrof qilmasdan tejab ishlatishga o‘rgatish.Pazandalik san’ati haqida ma’lumot berish.Mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
1-topshiriq. Berilgan rasmlar asosida dunyo taomlari haqida suhbatlashing.
2-topshiriq. Matnni o‘qing. Mavzu yuzasidan suhbatlashing va savollar tuzing.
Yevropa mamlakatlari milliy pazandachiligi
Rossiya pazandachiligi o‘ziga xos va o‘zgachadir. Qadim zamonlardan beri rus xalqi nonvoychilik bilan shug‘ullangan, bug‘doy, yorma, arpa, sholidan foydalanib, har xil taomlar tayyorlangan. Yevropa va Osiyodagi ba’zi davlatlar singari xamirturush sirini ochishgan. Shuning uchun ham
rus xalqi tort, pirojniy, kulich, rastegay, oladi va boshqa ko‘plab pishiriqlarni tayyorlagan. Xamirdan chuchvara, quymoq, pirog, ugra tayyorlashadi. Belarus oshxonasida eng milliy hisoblangan mahsulot – kartoshkadir. Kartoshka belarus xalqi uchun ikkinchi nondir. Kartoshkani har xil usulda tayyorlashadi. Vengriya un mahsulotlari bilan mashhurdir. Vengriya oshxonasi asosan sabzavotlardan, go‘sht, baliq, parranda mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarga boy. Germaniya pazandachiligida nemislar asosan buzoq, parranda, baliq go‘shtidan keng foydalanadilar. Sabzavot mahsulotlarini qaynatilgan holda iste’mol qilishni xush ko‘radilar. Avstriya pazandachiligi Angliyanikiga o‘xshash. Ozgina farqi avstriyaliklar qo‘y va mol go‘shtini ko‘proq iste’mol qiladilar. Baliqdan ham turli taomlar tayyorlaydilar. Polsha taomlari Rossiya, Ukraina, Belorussiya taomlariga o‘xshaydi. Ular sabzavotli, go‘shtli, baliqli taomlardir. Italiya oshxonasi 4 so‘z bilan ifodalanadi. Makoron, sarimsoqpiyoz, zaytun yog‘i va pomidor. Bundan tashqari Italiya pazandachiligida 1000 dan ortiq xamir mahsulotlari tayyorlanadi. Italiyaning milliy taomi spagettidir. Spagettining ma’nosi «O makarone» – bu qanday yaxshi va maza degan ma’noni bildiradi. Shu bilan birgalikda pitsaga alohida urug‘u berib o‘tish lozim. Chunki pitsa birinchi bo‘lib Italiyada paydo bo‘lgan va italyanlarning milliy taomlaridan biri sanaladi.
mashhur – известный, знаменитый
milliy taomlar – национальные блюда
iste’mol qilish – употребление
Bilib oling!
Shakli o‘zgartirilib, ammo mazmuni saqlangan holda berilgan o‘zgalarning gapi o‘zlashtirma gap deyiladi
Masalan: Dildora ertaga kelishini aytdi.
O‘qituvchimiz hasharda hamma qatnashishi shartligini ta’kidladi.
1-mashq. O‘zlashtirma gaplarni o‘qing. Tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor bering.
1. O‘qituvchimiz qanday kitob o‘qiganimni so‘radi. 2. Onam telefon qilib qachon uyga borishimni so‘radi. 3. Yo‘lovchi mashinani yo‘l chetida to‘xtatishni iltimos qildi. 4. Men darsga tayyorligimni aytdim. 5. Samolyotning ertaga uchishini telefon qilib aytdi. 6. Joyingizni menga berib turishingizni iltimos qildi.
2-mashq. Berilgan o‘zgalarning gapini o‘zlashtirma gapga aylantirib yozing.
1. Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur (Alisher Navoiy). 2. Insonni baxtli qiladigan narsa pul ham emas, jismoniy kuch ham emas, balki haqqoniylik va har tomonlama donolikdir (yunon faylasufi Demokrit). 3. Jahlning nihoyasi pushaymonlik bilan tugaydi (Aflotun). 4. Tili bor kishining tilsiz kishidan farqi – so‘zi, ziynati esa to‘g‘rilikdir (Arastu). 5. Beodobning yomonligi faqat o‘zigagina emas, boshqalarga ham zarar yetkazadi (Jaloliddin Rumiy).
D)Mustahkamlash
3-topshiriq. Donolar hikmatini o‘qing va mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkazing.
Ahmad Donish taqdir va mehnat haqida shunday deydi:
Agar inson taqdirga ishonib mehnat qilmasa, oziq-ovqat, kiyim topish uchun intilmasa, yo‘qchilikda, kambag‘allikda yoki boylikda yashash uchun yaratilganman deb safsata sotsa, u yanglishadi. Bunday odam aqlsizdir. . Inson foydali mehnat bilan shug‘ullanishi kerak. U o‘zining kuchi va harakati bilan kamol topadi.
3-mashq. Berilgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirib yozing va tinish belgilaridagi o‘zgarishlarni tushuntiring.
1. «Bu qanday bino, nimaga mo‘ljallangan?» – dedi O‘ktam. 2. «Xo‘sh, sehrli qalpoqcha, meni agronom qilib qo‘y», – dedi Hoshimjon. 3. «Yo‘q, – dedi ikkinchi yo‘lovchi, – mening qarindoshlarim O‘zbekistonda yashaydi». 4. «Bugun hamma ishlarimni bajarishga ulgurdim», – dedi Aziz. 5. Navoiy: «To‘g‘ri bo‘lsang o‘sib borib gul bo‘lasan, egri bo‘lsang o‘sib borib kul bo‘lasan», – degan.
F)Baholash
Uyga vazifa.
O‘z xalqingizning milliy taomlaridan biri haqida yozib keling.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU: DUNYO TAOMLARI (2-DARS)
(O‘zlashtirma gaplar. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarg o‘zlashtirma gaplar, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.O‘quvchilarga dunyo taomlari haqida ma’lumot berish. Taomlarni isrof qilmasdan tejab ishlatishga o‘rgatish.Pazandalik san’ati haqida ma’lumot berish.Mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
4-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.
Oshxona xodimi: Assalomu alaykum, xush kelibsiz, xizmat.
Xo‘randa: Vaalaykum assalom. Oshxonangiz nechagacha ishlaydi? Bugun kechgi soat oltida chet eldan kelagn hamkorlarimni mehmon qilmoqchi edim. Bo‘sh stollar bormi? Menga menyuni bersangiz.
Oshxona xodimi: Bo‘sh joy bor. Oshxonamiz kech soat 10 gacha ochiq bo‘ladi. Siz biz bilan hamkorlaringizni ko‘ngildagidan ham ziyoda mehmon qila olasiz. Bizning oshxonani tanlab to‘g‘ri qildingiz.
Xo‘randa: Unda bizga soat oltiga olti kishilik dasturxonni tayyorlab qo‘ysangiz. Mehmonlarim oshni yaxshi ko‘radilar. Shu bilan birgalikda qo‘y go‘shtidan qilingan qovurdoq, qovurma sho‘rva, olti six kabob tayyorlab qo‘ysangiz.
Oshxona xodimi: Didingiz juda nozik ekan. Milliy taomlar bilan birgalikda, ularning ham taomlaridan tayyorlasak, nima deysiz?
Xo‘randa: Mehmonlarim rus, ingliz millatiga mansub. Ular nimalarni yaxshi ko‘rib tanovvul qiladilar? Shularni o‘rganib
Oshxona xodimi: Ishonchingiz uchun rahmat, aytganingizdek qilaman. Mevalar yeyishni xohlaysizmi, ichimliklardan-chi?
Xo‘randa: Mevalardan olma, uzum, shaftoli, qovun, tarvuzdan assorti tayyorlang. Albatta ko‘k choy, mevali sharbatlar bo‘lsin. Nonlardan obi non, patirdan qo‘yasiz.
Oshxona xodimi: Xo‘p, bo‘ladi. Aytgan vaqtingizga buyurganlaringizni tayyorlab qo‘yaman. Uchrashguncha xayr, sog‘ bo‘ling.
Xo‘randa: Kechqurun ushrashguncha, sog‘ bo‘ling.
5-topshiriq. Matnni o‘qing va matn asosida taomlar ro‘yxatini tuzing.
Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi mamlakatlarining milliy pazandachiligi
Qozoq milliy oshxonasi keng ko‘lamda go‘sht, sut-qatiq, xamir ovqatlardan iboratdir. Yozda qozoq oilalarida ayron – suv bilan aralashtirilgan qatiq sovuq holida ichiladi. Unga bug‘doy, guruch solishadi. Qirg‘iz milliy taomlari vitaminlarga boy. Qirg‘iz xalqi asosan go‘sht, sut-qatiq, unli taomlarni tanavvul qiladi. Tojik milliy taomlari ko‘proq go‘sht mahsulotlaridan tayyorlanadi. Turkman milliy taomlari ham o‘zgacha. Turkman milliy taomlari birinchi navbatda o‘zbek va qoraqalpoq taomlariga o‘xshab ketadi. Turkman milliy oshxonasida eng yuqori o‘rinni go‘sht, sutqatiq, xamirli taomlar egallaydi. Turkmanlar qo‘y, mol, parranda go‘shtini iste’mol qilishadi. Ot go‘shtini iste’mol qilishmaydi. Ozarbayjon milliy taomlari to‘yimliligi bilan ajralib turadi. Ozarbayjonliklar ko‘proq parranda go‘shti va baliq mahsulotlarini iste’mol qilishadi. Keng tarqalgan taomlardan do‘lma, teftel sho‘rva, go‘shtli, no‘xatli, kartoshkali dovna-qatiqli. No‘xatli sho‘rva, mashhur do‘li kabob va boshqalar. Arman oshxonasida taomlarni tayyorlashda 300 xil o‘t va gullar ishlatiladi. Gruziya oshxonasi ham o‘ziga yarasha nom qozongan. Gruziya o‘zining kabob, xarcho sho‘rvasi, eng achchiq, yoqimli ziravorli sousi bilan mashhurdir.
4-mashq. Berilgan so‘zlarni to‘g‘ri joylashtirib o‘zlashtirma gap tuzing.
1. Bo‘lib, qolishini aytgan, Konfutsiy, bilan o‘qigan fikr qilmasa vasvas 2. Ekanligimizni aytdi bir oilaning o‘qituvchim bizning farzandlari. 3. Bilmasligini aytdi Elbek nima qilishini yelka qisib. 4. Sinf bahs – munozara bo‘lganligini aytdi tamom rahbar. 5. O‘rtog‘idan yordam Muzaffar navbatchilikka berishni so‘radi. 6. Yo‘lovchi aytdi ketganligini kunlar isib. 7. Buni sezgan olib kelishini so‘radi dadasini bozordan katta qizi nima.
Bilib oling!
O‘zlashtirma gaplarda demoq, fe’li qo‘llanmaydi. O‘zlashtirma gapning kesimi aytmoq, gapirmoq, buyurmoq, so‘ramoq fe’llari bilan ifodalanadi.
O‘zlashtirma gaplarda ko‘chirma gaplardagi undalma, kirish so‘zlari, hisxayajonni ifodalovchi undov so‘zlar tushurilib qoldiriladi. Undalmalar to‘ldiruvchi bo‘lak sifatida yoziladi.
5-mashq. O‘zlashtirma gapni ko‘chirma gapga aylantirib yozing.
1. O‘qituvchimiz bilim olish uchun kishi o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishi kerakligini aytdilar. 2. A’zam Tyan-shan tog‘ini ko‘rsatib, uning bahaybatligini aytdi. 3. Men tog‘ning manzarasi yaxshiligini, lekin ancha uzoqligini aytdim. 4. Sardor ba’zi kishilarning o‘z kamchiliklarini bo‘ynilariga olmasliklarini aytdi. 5. Tarbiyachimiz ertalabki mashqlarning juda foydali ekanligini, u insonning asablarini mustahkamlashini aytdi. 6. Sinf rahbarimiz nima gapligini so‘radi.
6-mashq. Ko‘chirma gaplar va o‘zlashtirma gaplarni ajratib yozing
1. Ona: «Samolyotdan tushganimizda, qo‘limni mahkam ushla», – dedi o‘g‘liga. 2. Yo‘lovchi yonidagi kishidan qayerga ketayotganligini so‘radi. 3. Navoiy bu o‘lkaga hushyor odamlardan yuborib ular orqali butun vaziyatdan ogoh bo‘lib turish mumkinligini bayon qildi. 4. O‘qituvchi: «Darsdan hech kim ruxsatsiz chiqmaydi», – dedi. 5. Aziza dugonalari bilan Arslonbobga borganini, sharsharani borib ko‘rganini, tog‘dan yovvoyi jambil terganini entikib-entikib gapirdi. 6. Alibek yo‘lovchiga: «Mening sizga yordamim kerak emasmi?» – dedi.
6-topshiriq. Matnni o‘qing. Matn yuzasidan bahs-munozara o‘tkazing.
Vaqtni va tilni saqlash
Odam uchun eng qimmatli narsa vaqtdir. Fursatdan yaxshi foydalanilsa, oltinlar topiladi. Vaqtni bekor o‘tkazish, oltinlarni qo‘ldan boy berishdir. Aqlli odam sira ham vaqtni bo‘sh o‘tkazmaydi. Qadimgilar: «Ish vaqtida bekorchi so‘zlarni so‘zlab, fursatni o‘tkazgan kishi nihoyat och qolib yig‘laydi», deganlar. Aqlli yoshlar fursatlarni bekorga o‘tkazmaydilar. G‘ayrat bilan o‘qiydilar, ishlaydilar, yalqovlanib o‘tkazmaydilar. Aziz yoshlar, tilingizni adab, tarbiyaga qarshi bo‘lgan yomon so‘zlar aytishdan saqlang. Og‘izdan chiqqan so‘z otilgan o‘qqa o‘xshaydi. Yomon so‘zni ham aytmangiz, odamlarning dillarini og‘ritasiz. Keyin aytgan so‘zingizdan afsus qilsangiz ham foydasi yo‘q. Shuning uchun yomon, achchiq so‘zlarni aytishdan saqlaning. Yaxshi, muloyim, shirin so‘zli bo‘lishga odatlaning.
7-mashq. Berilgan ko‘chirma gaplarda undalma va kirish so‘zlarni tushirib qoldirib o‘zlashtirma gaplar tuzing.
1. «Bolajonginam, senga nima bo‘ldi», – deb so‘radi enagasi. 2. «Shubhasiz, Akmaljon bizning maktab kutubxonamiz eng boy kutubxona hisoblanadi», – dedi kutubxonachi. 3. «Ahmadjon, kitobingizdan foydalansak, maylimi», – deb so‘radi hamroxim. 4. «Nihoyat, 10-sinf o‘quvchilari sayyohatga jo‘nashdi», – dedi o‘qituvchi.
Uyga vazifa. Dunyo va Osiyo taomlaridan bittasini tanlab, tayyorlanish jarayonini yozib keling.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU:DUNYO TAOMLARI (3-DARS)
(O‘zlashtirma gaplar. Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarg o‘zlashtirma gaplar, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirish haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.O‘quvchilarga dunyo taomlari haqida ma’lumot berish. Taomlarni isrof qilmasdan tejab ishlatishga o‘rgatish.Pazandalik san’ati haqida ma’lumot berish.Mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish, xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash.
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
7-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing. O‘zaro suhbatlashing.
Shahrizoda: Ruxshona, sen milliy taomlarimizdan qaysilarini tayyorlash usullarini bilasan?
Ruxshona: Menga onam palov pishirishni o‘rgatganlar. Sen-chi? Qaysi taomlarni tayyorlashni bilasan?
Shahrizoda: Men ham palov tayyorlashni bilaman. Lekin menga Jizzax viloyatining milliy taomlaridan bo‘lgan qurtoba taomi yoqadi.
Ruxshona: Qurtoba qanday tayyorlanadi?.
Shahrizoda: Bu taomni momolarimiz o‘ylab topishgan. Yaxshilab quritilgan qurtlarni iliq suvga solib, eritasan, qaynatib, kuydirilgan saryog‘dan keraklicha solib dasturxonga tortasan. Bu taom, ayniqsa, qish faslida sovuq kunlarda ertalab maktabga ketishdan oldin tanovvul qilsang, sira kasal bo‘lmaysan. Insonning immunitetini oshi radi. Kalsiy moddasiga boy.
Ruxshona: Rahmat senga, taomlar ro‘yxatim yana bittaga ko‘paydi.
Shahrizoda: Arzimaydi, sen ham shunday taomlarni bilsang ayt.
Ruxshona: Albatta, topsam aytaman.
Adabiy o‘qish
8-topshiriq. Matn asosida savollar tuzing.
O‘zbekiston milliy pazandachiligi
Daraxtki bor unga qush qo‘nadi, uyki bor, demak unga albatta, mehmon keladi. Mehmondo‘stlik nainki insoniylik bog‘idir, balki shu bog‘ning eng shirin mevasidir. Hamma xalqlarda bo‘lgani kabi, o‘zbeklarda ham mehmonni anvoyi taomlar bilan ziyofat qilish odati bor. O‘zbekistonda ana shunday taom palovdir. Yashab turgan joyning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalash maqsadida palov pishirishning ko‘pdan-ko‘p usullari mavjud bo‘lgan. «Farg‘ona palovi», «Samarqand palovi», «Buxoro palovi», «Xorazm palovi» «Toshkent palovi» kabilar shular jumlasidandir. Hozir 60 ta palov turi mavjudligi bizga ma’lum. Dasturxonga, albatta, palov tortishdan tashqari, Toshkentda, masalan, qazi-qartali norin tayyorlash va xushbo‘y familchoy damlash odat tusiga kirgan. Farg‘ona vodiysining hamma tumanlarida va Samarqandda mehmonga dastavval issiq ko‘k choy beriladi. Andijon, Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona va Namanganda mehmonga choy berilgach, kashnich, rayhon va qatiq solingan mastava, so‘ngra devzira guruchdan lola rang qovurma palov tortiladi. Bu shaharlarda mehmon dasturxoniga patir va jizzali nonlar, ho‘l mevalar, oq ko‘ngillikning ramzi sifatida sut, qatiq, qaymoq qo‘yiladi. Kelgan mehmonga darhol qatiq taklif
etish yoki nonushtasiga, albatta, qatiq berish, ayniqsa, Namanganda yaxshi odat tusiga kirgan. Sababi, bu mezbonlar qatiq ichishning inson uchun ko‘pgina foyda keltirishini nazarda tutadilar: qatiq organizmni zararli bakteriyalardan tozalashva hazm taomlik xususiyatlariga ega. Shu bilan birga uzoq joydan kelib suv va havo o‘zgartirgan kishini lohas bo‘lishdan ham saqlaydi. Samarqandda mehmonni shirin-sharbat ho‘l mevalar, mashhur Samarqand noni hamda qaymoq bilan siylash, so‘ngra esa murch sepilgan chuchvara va to‘g‘rama palov bilan ziyofat qilish odati bor. Buxoroda mayiz palov va yaxlit qilib pishirilgan barra kabob, chorvador tumanlarida esa yangi so‘yilgan qo‘zi go‘shtining sho‘rvasi va kabobi mehmon hurmatining ramziga aylanib ketgan. Surxondaryoliklar xushbo‘y ko‘k choy bilan birga archa o‘tinida pishirilgan tandir kabob keltirib, hurmatingizni joyiga qo‘yadilar. Xorazmliklar mehmonni tilyorar qovunlar, maxsus tayyorlangan palov bilan siylashadi. Qoraqalpoqning baliq kabobi bilan kulchatoyini yegan mehmon u yoqqa yana borishni orzu qiladi. Qo‘qon, Farg‘ona va Andijonda yaxshi bir odat bor. Mehmon kelgan xonadonga hurmat yuzasidan qo‘shnilar taom chiqarishadi. «Mehmon o‘z rizqu-ro‘zi bilan keladi» kabi naql bejizga aytilmagan. O‘zbeklar uchun mehmonning kattasi yoki kichigi bo‘lmaydi. O‘zbeklar uchun mehmon doimo ulug‘ sanaladi.
Karim Mahmudovning «Qiziqarli pazandalik» kitobidan
Lug‘at
mavjud – существующий, имеющийся
famil choy – чёрный чай
dastavval – сначала, прежде всего
barra – мясо молодого барашка
tilyorar – очень сладкий
8-mashq. Berilgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va gaplardagi o‘zgarishlarga izoh bering.
1. «Muncha esli ekan bu Sultonxon ayang!» – deb takrorladi Xadichaxon. 2. «Ochil amaki ustalarning boshlig‘i», – deb javob berdi yigitcha. 3. «Tur, o‘rningdan koptokni tashlab yubor, bu yoqqa!» – boshini siltab buyuradi menga Salim. 4. «Kitob juda ham qimmat, – meni aladay boshlaydi Turg‘un, – bir mazali narsa olaylik». 5. «Kitob yaxshi narsa, hali qarab tur, unda har bir ajoyib baytlar bor-ki. », – deyman. 6. «Bolalarim, bugun biznikida qolasizlar, kech bo‘lib qoldi», – deydi amakim. 7. Bobolarimiz: «O‘q yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi», – deganlar.
- Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi mamlakatlari milliy pazandachiligi haqida yana nimalarni bilasiz, qisqacha ma’lumot yozib keling.
- Berilgan so‘zlar yordamida o‘zlashtirma gaplar hosil qiling.1) Aytmoq. 2) Gapirmoq. 3) Buyurmoq. 4) So‘ramoq
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Qiziqarli malumotlar
Milliy raqs xalqimizning eng munavvar qadriyati