MILLIY OLIMPIADA QOʻMITASI
MILLIY OLIMPIADA QOʻMITASI (MOQ) — mamlakat nomidan olimpiada harakatida vakil boʻlib qatnashuvchi tashkilot. MOQni Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tan olmasa, milliy jamoalar Olimpiada oʻyinlariga qoʻyilmaysi. Oʻzbekiston Respublikasi MOQ 1992-y. 21 yanv. da tashkil topgan, 1993-y. sent. da XOQ tomonidan tasdiqlangan. MOQning maqsadlari: olimpiada harakati va havaskorlar sportini rivojlantirishga yordam berish; mamlakat sportchilarining Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishini taʼminlash; Oʻzbekiston va butun dunyo sportchilari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini rivojlantirish. MOQning oliy organi Bosh assambleya, u odatda, bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Assam-bleyalar orasidagi davr ichida MOQ ijroiya qoʻmitasi olimpiada harakatiga rahbarlik qiladi. Uning tarkibiga prezident, 3 vitse-prezident, bosh kotib, bosh direktor va 7 aʼzo kiradi. Ular 4 y. muddatga saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasi MOQ manzili — Toshkent sh.
Ensiklopediya.uz
MILLIY OLIMPIADA QOʻMITASI