MILLIY GALEREYa
MILLIY GALEREYa (National Gallery) — 18—19-a. lar Gʻarbiy Yevropa rangtasviri asarlarining jahondagi eng sara toʻplamlaridan; London sh. da 1824-y. da J. J. Angerstayn kolleksiyasi negizida tashkil qilingan. 1830-y. larda klassitsizm uslubida qurilgan binoda joylashgan (meʼmori U. Uilkins). M. g. ning fondida saqlanayotgan nodir asarlar qatoridan Duchcho, P. Uchchello, Pyero della Francheska, J. Bellini (doj Leonardo Loredan portreta), Leonardo da Vinchi («Kryadagi madonna»), Titsian («Madonna»), Ya. van Eyk («Erxotin Arnolfinlar portreta»), Kichik X. Xolbeyn («Elchilar»), Rembrant («Suvga tushayotgan ayollar»), D. Velaskes («Venera oyna b-n»), T. Geynsboro («Tonggi sayr»), F. Goyya va b. rassomlarning asarlari ham bor.
Ensiklopediya.uz
MILLIY GALEREYa