Millionerlarning 9 umumiy xislatlari
Har birimizda millionerlar haqida shaxsiy fikrimiz bor. Ba’zilarning fikricha muvaffaqiyat cho’qqisiga erishish vaziyat taqozosi bilan tasodifan sodir bo’ladi. Boshqalar esa millionerlarni butunlay boshqa olamda tasavvur qiladilar va ularni afsonaviy qahramon sifatida ko’radilar. Albatta, har bir millionerning o’z tarixi va sirlari bor. Lekin qandaydir umumiy jihatlarni ularning barchasida ko’rish mumkin. Spectrem agentligining o’tkazgan so’rovi natijalariga ko’ra 94% millionerlar muvaffaqiyat siri aynan qattiq mehnatda deb biladilar. Bu sarmoyaning qaysi turda bo’lishidan qat’iy nazar, barchasiga birdek tegishli. Shunday ekan, oldingizga ulkan marralarni qo’ygan bo’lsangiz, avvalambor yengni baland shimarishga to’g’ri keladi. Ko’pchilik o’ylaydiki millionerlar qandaydir muhim bir sirni bilishadi va uni barchadan berkitib kelishadi. Zinhor unday emas, barcha boy insonlar maslahat berishni va yo’l-yo’riq ko’rsatishni yaxshi ko’radilar. Robert Kiosaki “Nima uchun biz sizning boy bo’lishingizni xohlaymiz” kitobida shunday falsafani ilgari suradi: Shunday ekan millionerlarning gaplariga quloq tuting, ular haqiqatni aytishadi. Millionerlar bir sohada chegaralanib qolgan demoqchi emasmiz. Ular shunchaki bir maqsadga diqqatni jamlay oladilar. Bir vaqtning o’zida bir necha sohalarda ulkan cho’qqilarni zabt etib bo’lmasligini ular yaxshi biladilar va hayotlarini eng sevgan mashg’ulotlariga bag’ishlaydilar. Ulkan marralarga erishmoqchi bo’lsangiz, kuchingizni turli tomonga bo’lishga urinmang. Millionerlar asosiy diqqatlarini bir ishga qaratsalarda, bu ularning bir nechta manbadan daromad ko’rishlariga hech ham to’sqinlik qilmaydi. Kompaniya gullab yashnashi uchun bir qancha yo’nalishlarni qamrab olishi lozimligini ular yaxshi biladilar. Har qanday iqtisodiy to’fonlarda omon qolish uchun Millionerlar har doim ish sohalarini kengaytirishga, mahsulot turlarini ko’paytirishga va yangidan-yangi bozorlarni zabt etishga harakat qiladilar. Ayrim millionerlar oliy ma’lumotli bo’lmay turib muvaffaqiyatga erishganliklari hech kimga sir emas. Lekin bu mutlaq istisnodir. Asosan bilim muvaffaqiyatning kaliti ekanligini barcha millionerlar birdek ta’kidlaydilar. Rivojlanish davrida biror bilimni o’tkazib yuborgan bo’lishlari mumkin, ammo keyinchalik albatta uni o’zlashtirib olganliklarini aytadilar. Chin dildan o’qib o’rganish barcha millionerlarning eng asosiy xarakterli tomonidir. Millionerlarning hech biri eng boy odam bo’lishni oldilariga maqsad qilib qo’ymaganlar. Pul ular uchun sevimli ishlari bilan shug’ullanishlarida bir vosita xolos. Yoki bonus! Ular birinchi navbatda mukammal mahsulot yaratishni, o’lmas asar yozishni yoki yangi g’oya yaratishni o’ylaydilar, boylikka erishish esa ikkinchi o’rinda. Barchaning ko’zini yal-yal yondirish yoki so’nggi rusumdagi mashinada o’zini ko’z-ko’z qilish osongina boyib qolgan “yangi boy”larning ishi, aslo haqiqiy millionerlarning emas. Haqiqiy boylar bunday oliftagarchilikka mutlaqo befarqlar. Ular asosiy diqqatlarini biznes yoki o’z ishlariga qaratganliklaridan g’ijim shimlari haqida atrofdagilarning gap-so’zlariga e’tibor berishga ham vaqtlari yo’q. Bugun dunyoning turli chekkalarida millionlab millionerlar bor. Ular turli jabhalarda muvaffaqiyatga erishgan turli odamlardir. Bu turfa xillikka qaramay ularning ko’pchiligi sanab o’tilgan ushbu umumiy xarakterlarga egalar. O’zingizda shu xislatlarni rivojlantiring va siz ham ular qatorida bo’lsangiz ajabmas.Millionerlarning 9 umumiy xislatlari
DO`STLARGA ULASHING:
Millioner qanday ishlashni biladi va uni sevadi
Millionerlar o’zlarini o’zlari yaratganlar
Millionerlar bilimlarini boshqalardan ayamaydilar
Millionerlar faqat bir sohada mukammaldirlar
Millionerlarning daromad manbalari bir qancha
Millionerlar ta’limning qadriga yetadilar
Millionerlar o’zlarini boy hisoblamaydilar
Millionerlar boy ko’rinishga urinmaydilar
Millionerlar yolg’iz ishlamaydilar
Millionerlarning 9 umumiy xislatlari