Milk qonashi

Milk qonashi

Milk qonashi

DO`STLARGA ULASHING:

Assalomu alaykum. Mening yoshim 18da. Milklarim tez-tez qonab turadi hamda old tishlarimning milki ancha pasaygan, yemirilgan. Sababi hamda davosi bormi? Iltimos javob berishingizni so’rayman, oldinda rahmat.
Milklar bo‘shashib qolib, qonashining asosiy sabablari og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish jarayonlari, tish emalida saqlanib qolgan va uzoq vaqt tozalanmagan toshlar hamda organizmda C vitaminiging yetishmasligidir. Milklar bo‘shashib qolishini davolash uchun avvalo uning sababini aniqlab, so‘ng kerakli muolaja turi belgilanadi. Shunga ko‘ra bunday muolajalar milklar yallig‘lanishiga qarshi inyeksiya ukollari hamda vitaminli preparatlar yuborilishi bilan o‘tkaziladi. Qolaversa, muolaja yakunlangandan so‘ng shifokor ko‘rsatmasi bilan milklarni mustahkamlovchi surtmalar va maxsus tish pastalari tavsiya etiladi.
Uy sharotida milklarni vaqtinchalik mustahkamlash uchun isiriq, moychechak, marmarak (shalfey) o‘simliklari va anor po‘stidan tayyorlangan damlamalarda og‘izni chayqash mumkin.

Milk qonashi