Milk oqarishi — sabablari, davolash, oldini olish, milk oqarganda nima qilish kerak
Milk oqarishi — bu diqqat qilish kerak bo’lgan aniq bir signaldir, chunki u turli xil kasalliklar belgisi hisoblanadi. Kishida milklar oqarishi kuzatilsa, buning sababinga aniqlik kiritish va malakali tibbiy yordam olish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Milk oqarishi sabablari
- O’smalar. Agar kattalarda tish yaqinida oq dog’chalar paydo bo’lsa, ehtimol bu lipoma bo’lishi mumkin, ular yaxshi sifatli o’sma hisoblanadi. Ular hayot uchun xavfli emas, ammo agar davolanmasa, lipoma o’lchami kattalashishi mumkin, shunda onkologlar yordami kerak bo’ladi.
- Tanada vitamin va minerallar yetishmasligi. Milk oqarishi gipovitaminoz tufayli ham yuz kelgan bo’lishi mumkin.
- Gigiena qoidalarini buzish. Agar og’iz bo’shlig’i tozaligiga bir necha kun e’tibor berilmasa yoki tishlar yetarlicha yaxshi yuvilmasa, milk oqarishi bu shunchaki gigigena qoidalariga rioya qilmaslik natijasidir. Tish va milkdagi oq karashni tish cho’tkasi bilan tozalash kerak, lekin to’qimalarga shikast yetkazmaslik uchun jarayon juda etiyotkorlik bilan bajarilishi lozim. Shundan keyin og’izni maxsus eritmalar bilan yaxshilab chayish mumkin, bu olingan natijani «mustahkamlash» imkonini beradi.
- Termik tabiatli ta’sir. Agar juda issiq ichimlik ichilsa (choy, qahva) yoki juda issiq ovqat iste’mol qilinsa, milk oq dog’lar bilan qoplanishi mumkin.
- Tishlarni oqartirish. Butun jarayon og’izning umumiy holatiga sezilarli darajada ta’sir qiladi, shuning uchun tishlarni oqartirishdan keyin milklarning ba’zi joylari oqarib qolishi mumkin. Agar bunda milklar qonamasa, shishgan bo’lmasa, biroz vaqt kutish kerak va muammo o’zi bartaraf bo’ladi, ya’ni milklar sog’lom ranggiga qaytadi. Lekin bunday hodisa kuzatilishi bilan darhol tishni oqartirgan tish shifokoringizga xabar bering.
- Stomatit. Bu kattalarga nisbatan ko’proq bolalarda uchraydigan kasallik. Bunda milk oqarishi yoki kichik oq yarachalar toshishi kuzatilishi mumkin. Yarachalar achiydi, bola ovqatlanishdan bosh tortadi.
- Kista. Agar tish atrofida oq rangli kichik zichlanma paydo bo’lsa, u kista bo’lishi mumkin, chunki uning belgilaridan biri yiringli yaradir. Ushbu kasallikni tashxislash uchun rentgenologik diagnostika talab etiladi. Ko’pchilik, ba’zi sabablarga ko’ra, bu kabi jiddiy alomatlarga katta e’tibor bermaydi, bu esa oxir oqibatda ko’p salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Variant sifatida bu tishlarni olib tashlash bo’lishi mumkin.
- Molochnitsa yoki kandidoz. Bu kasallik kishi immuniteti zaiflashishi tufayli yuzaga keladi va milklarning oqarishi ushbu kasalllikning alomati hisoblanadi. Kandidoz bilan kattalar ham (ko’pincha ayollar), bolalar ham kasallanishi mumkin. Kasallik ba’zan organizm mikroflorasiga kuchli ta’sir ko’rsatadigan antibiotiklar qabulidan so’ng yuzaga kelishi kuzatiladi. Tish atrofidagi milklarning oqarishi boshqa zamburug’larning og’iz bo’shlig’ida faol ko’payishi natijasi bo’lishi ehtimoldan holi emas.
- Paradontit. Bu holda oq nuqta milklardan yiring chiqib ketadigan fistula bo’ladi.
- Qandli diabet yoki OIV. Agar tish milkining oqarishi ushbu kasalliklar tufayli bo’lsa, unda tish shifokoridan tashqari immunolog va endokrinologga ham uchrashish kerak, ular keyingi choralar ko’rish bo’yicha aniq ko’rsatmalar beradi.
Tish olinganidan keyin milkda oq dog’lar paydo bo’lganda nima qilish kerak?
Tish — hazm qilish traktining muhim tarkibiy qismidir, shuning uchun tish og’riy boshlaganda, odam uzoq vaqt davomida bu charchatuvchi va yoqimsiz og’riqqa chiday olmaydi. Agar shifokor tishni olib tashlagandan so’ng, milklarda o’zgarishlar sezilsa, u oqimtir, keyinchalik esa yanada oqroq bo’lsa, bu bir narsadan dalolat beradi — organizmda yallig’lanish jarayoni boshlangan.
Yallig’lanishda tish yaqinidagi ba’zi joylar qizarishi ham kuzatiladi. Milkdagi oqarishlar kulrang karash bo’lishi ham mumkin. Yallig’lanish jarayoni — minimal yo’qotishlar bilan oldini olish kerak bo’lgan asoratlar mavjudligi to’g’risida signaldir.
Stomatologlar bemorda noan’anaviy tarzda milklar oqarishi kuzatilgan hollarda quyidagi tekshiruvlardan o’tishni taklif qiladi:
- Birlamchi vizual ko’rik;
- Agar zarurat bo’lsa, rentgenografiya va kompyuter tomografiyasini o’tkazish.
- Virusli kasalliklarni tashxislash / istisno qilish uchun klinik va umumiy qon tahlili.
Tashxis qo’yilgach, shifokor davolash usullarini belgilaydi. Agar vaziyat chuqurlashib ketgan bo’lsa va tishlarni saqlab qolish imkoni bo’lmasa, bemorga jarrohlik operatsiyasi belgilanadi.
Davolashning asosiy nyuanslari
Muammo tishlarni oqartirishdan keyin boshlangan bo’lsa, moychechakdan tindirma tayyorlab, kuniga bir necha marta bu vosita bilan og’izni chayish mumkin. Bir necha kundan keyin karash yo’qolib ketadi.
Agar sabab zamburug’li kasalliklarda bo’lsa, zamburug’ga qarshi vositalar qo’llaniladi, masalan Klotrimazol, Pimafutsin. Bu davrda taomonmadan pishiriqlar va shirinliklarni chiqarish tavsiya etiladi.
Agar shikastlangan hududlar davolab bo’lmaydigan, ularni faqatgina olib tashlash mumkin bo’lsa, bugungi kunda buning lazer yordamida olib tashlash usuli mashhur hisoblanadi. Shifokorlar buni radioto’lqinli uslub yoki elektr pichoq yordamida operatsiya deb atashadi. Leykoplakiya kabi kasalliklarni davolashda suyuq azotdan foydalanmaslik kerak, chunki u to’qimalarda juda katta va qo’pol chandiq qoldirishi mumkin. Bu estetik nuqtai nazardan eng yoqimli ko’rinish emas.
Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining saratoniga chalinganlar bemorlarning 20 foizdan ko’prog’iga ilgari leykoplakiya tashxisi qo’yilgan bo’ladi.
Davolashga kelganda, bunda komples terapevtik yondashuv qo’llaniladi. Birinchi o’rinda milk oqarishining bevosita sabablari bo’lgan omillar butunlay bartaraf qilinadi. Agar bemorda metall protezlar bo’lsa, ular ham olib tashlanadi, bemor davolanish paytida chekishni to’xtatishi kerak. Davolash muolajalari o’tkazilgandan so’ng, keyingi bosqichda yallig’lanish yoki infektsion jarayonlarning rivojlanishi yoki qaytalanishini oldini olish choralari ko’riladi.
Profilaktik choralar
Oddiy amallarni bajarish milk oqarishini oldini olishga yordam beradi:
- Barcha gigiena qoidalariga rioya qilish: ko’chadan kelganda, hojatxonadan so’ng birinchi navbatda qo’llar yuviladi, ayniqsa, bu gigiena qoidalarga doimo amal qilmaydigan bolalar uchun tegishli. Agar rioya qilinmasa, bu tufayli stomatit rivojlanishi mumkin.
- Bundan tashqari, tishlarni tozalash uchun tish ipidan foydalanish, og’izni chayib turish kerak.
- Shifokor ko’rsatmasisiz antibiotiklarni qabul qilmaslik kerak, chunki noto’g’ri qabul qilish normal mikrofloraga ham ta’sir qiladi va natijada og’izda oq dog’lar yoki kichik yaralar paydo bo’lishi mumkin.
- Homilador ayollar o’z vaqtida va ruxsat etilgan dori-darmon bilan kandidozni davolashlari kerak.
- Yilda bir marta majburiy tibbiy ko’riklar o’tib turish kerak.
- Stomatologga muntazam tashrif buyurib turish lozim, hatto kishini hech narsa bezovta qilmagan paytlarda ham.
Kasalliklar
davolash, milk oqarganda nima qilish kerak, Milk oqarishi — sabablari, oldini olish