MIKROSKOP

MIKROSKOP

MIKROSKOP, zarrabin (mikro… va yun. skopeo — qarayman) — mikrozarralarni, koʻzga koʻrinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib kursatadigan optik asbob. M. ning kattalashtirishi difraksion hodisalar (q. Difraksiya) tufayli cheklangan; u atigi 1500—2000-martani tashkil qiladi. Odam koʻzi 250 mm uzoqlikdagi zarralar urtasidagi masofani 0,08 mm gacha aniklikda farq qila oladi (bu raqam koʻpchilik odamlarda 0,20 mm ni tashkil etadi). Lekin mikroobyekt lar (bakteriya, mayda kristallar va b.) oʻlchami bundan ham kichik. Shu sababli, elementlari orasidagi masofa 0,25 mkm li strukturalarni farq qilishga imkon beradigan (yaʼni ajratish qobiliyati 0,25 mkm boʻlgan) Mikroskop mavjud (elektron M. niki — 0,01—0,1 nm). Ikki linzadan iborat tizimning tasvirni kattalashtirib berishi 16-a. dayoq Niderlandiya va Italiyadagi koʻzoynaksoz ustalarga maʼlum boʻlgan, (ikki linzali Mikroskopni niderland ustasi 3. Yansen 1590-y. da kurgan), lekin birinchi Mikroskopni 1609—10 y. larda G. Galiley ixtiro qilgan, murakkab Mikroskopning hisobini 1872-y. da E. Abbe qilgan. Mikroskopda obyektiv sifatida bir-biriga yopishtirilgan sferik linza va koma (tasvir buzilishi)ga toʻgʻrilangan axromatik linzalardan foydalaniladi. Mikroskopda koʻp linzali obyektiv emas, balki ikki linza orasiga maxsus tiniq suyuqlik quyilgan immersion obyektiv ishlatiladi. Immersion obyektivda nur sochilishi kamayadi. Ultrabinafsha, infraqizil spektr sohasida ishlatiladigan Mikroskop obyektivi yana ham sifatli boʻlishi zarur. Mikroskopda tekshiriladigan preparatlar oʻzidan yorugʻlik chiqarmaydi, shu sababli uni yoritish lozim. Obyektni yoritishning turli usullari mavjud. Uning yoritilishiga qarab tasvir kon-trastlari (anikligi) ortedi.

Ensiklopediya.uz
MIKROSKOP