MIKRORAYON
MIKRORAYON (yun. mikros — kichik va frans. rayon — rayon) — turar joy binolari majmui va aholining kundalik ehtiyojlarini qondiruvchi madaniymaishiy muassasalar (bolalar bogʻcha va yaslilari, maktab, madaniyat uylari, sport inshootlari, bogʻ-parklar, doʻkon va oshxonalar) tizimi. Asosan, shaharga tutash hududlarda barpo qilinadi. Mikrorayonlar shaharning tarkibiy qismi hisoblanadi. Toshkentda Chilonzor, Yunusobod kabi Mikrorayonlar mavjud.
Ensiklopediya.uz
MIKRORAYON