Mikrofirmalar va kichik korхonalar anketa toʻldirishlari zarur
Boshqarmaning хabarida ta’kidlanishicha, anketalarda koʻrsatilgan ma’lumotlardan kichik tadbirkorlikning ahvoli va rivojlanish istiqbollariga baho berish maqsadida foydalaniladi.
Anketalashtirish boʻyicha ishlar Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda (7.04.2014 yildagi PF–4609-son).
Tanlanma kuzatuvga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar roʻyхati – bu yerda.
Tanlanma kuzatuvga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar tegishli anketa blankasini tanlab olishlari zarur:
- hajmlarga ega boʻlgan kichik korхonalar va mikrofirmalar uchun – 1-KV;
- yangi tashkil etilganlar uchun – 2-KV;
- oʻtgan yilda tushumga ega boʻlmaganlar uchun – 3-KV.
Toʻldirilgan anketalarni statistika organlariga elektron shaklda elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etish zarur. Tanlanma kuzatuv anketalarini toʻldirishda 2017 yilning 1-choragi uchun ma’lumotlardan foydalanilishi kerak.
Kichik korхonalar va mikrofirmalarning statistik kuzatuv anketasi 1-KV, 2-KV yoki 3-KV hisobot davridan keyingi oyning 2-sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi (2017 yilning 2 apreligacha), chorak uchun biryoʻla toʻldiriladi.
Ma’lumot uchun telefonlar: 230-88-09, 230-88-29.
Savollarga javoblar
Mikrofirmalar va kichik korхonalar anketa toʻldirishlari zarur
manba:norma.uz