MIKOLOGIYA

MIKOLOGIYA

MIKOLOGIYA (yun. mykes — zamburugʻ va…logiya) — botanikanmj bir boʻlimi. Zamburugʻlarnint morfologiya, sistematika, biologiya, fiziologiya, biokimyo, ekologiya, geogr., filogeni-yasi, shuningdek, ularning tabiatda va odam hayotidagi axamiyatini oʻrganadi. Mikologiya fitopatologiya (oʻsimliklardagi kasalliklarning koʻpini fitopatogen zamburugʻlar qoʻzgʻatadi), tibbiyot, veterinariya (koʻp parazit zamburugʻlar odam va hayvonlarda turli kasalliklar, mas, dermatomikozlar, mikotoksikozlarni qoʻzgʻatadi) va b. bilan bogʻliq.

Ensiklopediya.uz
MIKOLOGIYA