Migrenning davosi bormi? to’liq malumot oling

Migrenning davosi bormi? to’liq malumot oling

❓Migrenning davosi bormi?

🔘 Surayyo To‘xtamisheva

✍️ Ahadjon Abduxalilov, sog‘lom hayot targ‘ibotchisi

🔷 Migren — bosh yarim sharining ma’lum bo‘lagida yoki barcha sohasida yuzaga keluvchi kuchli og‘riq bo‘lib, ko‘pincha ayollarda uchraydi. Bosh miya qon-tomirlari spazmi og‘riqni yuzaga keltiradi.

🟠 Migrenning kelib chiqishiga stress, zo‘riqish, ob-havo va atmosfera o‘zgarishi, uyquga to‘ymaslik, nasliy va boshqa omillar sabab bo‘ladi.

🔴 Ushbu kasallik inson hayotiga jiddiy xavf solmaydi, davolash esa uzoq vaqt talab qiladi. Bunda shifokorlar analgetiklar, yallig‘lanishga qarshi, nerv tomirlarini bloklovchi dorilardan foydalanadi. Bundan tashqari fizioterapevtik muolajadan ham o‘tkaziladi. Bular barmoqlar bilan nuqtali massaj, igna bilan davolash va gidroterapiyadir.

❗️Og‘riq xurujini oldini olish uchun og‘riqni yuzaga keltiruvchi yuqoridagi omillarni bartaraf etish va dudlangan go‘sht, pishloq, shokolad kabi mahsulotlarni iste’molini cheklash lozim.

Kasalliklar
Migrenning davosi bormi?