MIGREN

MIGREN

MIGREN (frans. migraine) , miya ogʻrigʻi, gemikraniya — oʻqtin-oʻqtin tutadigan bosh ogʻrigʻi. Aksari ayollarda uchraydi. Kasallikka, asosan, qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi, koʻpincha, oilada va naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik sabab boʻladi. Migren aksari balogʻatga yetish davrida kuzatiladi. Kasallik xuruji, odatda, asabiylashish natijasida yoki oʻta charchash oqibatida roʻy beradi. Xurujning tutish muddati, uning ogʻirengilligi yosh ulgʻayishi bilan oʻzgaradi. Bu — turmush tarziga, mehnat va dam olish rejimiga rioya etmaslik, muntazam ovqatlanmaslik, chekish, shovqin, ravshan yorugʻlikka, xotinqizlarda esa hayz sikliga bogʻliq. Xuruj oldidan bemor, koʻpincha, tashnalik, ochiqish sezadi, kayfiyati oʻzgaradi, mudroq bosadi va h. k. Ogʻriq tutganda koʻz oldi jivirlab, har xil narsalar koʻrinadi.

Ensiklopediya.uz
MIGREN