MIGMATIT

MIGMATIT

MIGMATIT (migma — qorishma) — granit tomirchalari bor metamorfik togʻ jinsi. Granit tarkibli magmaning suyuq qatlamlari metamorfik jins (slanes)lar qatlamlari orasiga kirib qolishidan hosil boʻladi. Migmatitni oʻrganish magmatik jinslarning tarkibi va ular b-n bogʻliq konlarni qidirib topishda muhim ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
MIGMATIT