MICHOAKAN

MICHOAKAN

MICHOAKAN, Michoakande-Okampo — Meksikaning jan.-gʻarbiy qismidagi shtat. Tinch okean sohilida, Lerma va Balsas daryolari havzasida joylashgan. Mayd. 59,9 ming km2. Aholisi 3979 ming kishi (2000). Maʼ-muriy markazi — Moreliya sh. M. hududining yarmidan ortiq qismi Meksika togʻligining jan.-gʻarbiy chekkasidagi koʻllar qavzasidan iborat. Sohil boʻylab Syerrade-Koalkoman tizmalari (eng baland joyi 2764 m) joylashgan. Seysmik faol hudud. Ikdimi togʻtropik iqlim. Meksika togʻligida oʻrtacha oylik t-ralar 20°, yillik yogʻin 900 mm. Ichki r-nlarda chala choʻl oʻsimliklari, togʻlarda sernam barg toʻkuvchi va doim yashil tropik oʻrmonlar oʻsadi.

Ensiklopediya.uz
MICHOAKAN