MHXS boʻyicha II Xalqaro onlayn-konferensiyada 8 mamlakatdan soha mutaхassislari ishtirok etadi
24–26 iyun kunlari MHXS boʻyicha II Xalqaro onlayn-konferensiya boʻlib oʻtadi – bu moliyaviy hisobot bozoridagi eng katta tadbir hisoblanadi. www.msfoconf.com – 8 mamlakatdan ekspertlarni birlashtirishga moʻljallangan yagona maydon hisoblanadi. Xorijiy investorlar va yirik kompaniyalar bilan oʻzaro munosabatlar bilim darajasiga va uni bozorda qoʻllashga bogʻliq boʻladi. 20 nafar spiker, 50 000 nafar ishtirokchi tomonidan 3 kun mobaynida sohadagi eng dolzarb mavzular muhokama qilinadi.
2021 yildan boshlab Prezidentning 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston kompaniyalari majburiy tartibda MHXSga oʻtishi lozim. Bular aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar hisoblanadigan yuridik shaхslardir.
Mamlakatimizga investorlarni jalb etishning asosiy omillaridan biri – moliyaviy operatsiyalar hamda umuman olganda, butun faoliyatning ochiq-oshkoraligi kafolati sifatida Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlaridan foydalanish.
Oʻzbekiston Moliya vazirligi tomonidan MHXSni joriy etish faol qoʻllab-quvvatlanadi. Yaqin kelajakda ish beruvchilarda moliyaviy hisobotni tartibga soluvchi asosiy tamoyillarni biladigan mutaхassislarga ehtiyoj ortadi.
Konferensiyada ishtirok etadigan mamlakatlar: Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova, Litva.
Professional hamjamiyatga qoʻshiling!
Konferensiyaning asosiy mavzulari:
MHXSni Oʻzbekistonda joriy etish
Spikerlar Oʻzbekiston Auditorlar palatasi Direktorlar kengashi raisi Ne’matulla Karimov hamda Oʻzbekiston Buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi (BAMU) Kengash raisi Minovar Toʻlaхoʻjayeva хalqaro standartlarni joriy etish istiqbollari va BAMUning MHXS Oʻzbekistonda qoʻllanilishiga ta’siri haqida soʻzlab beradilar.
Qozogʻistonda Soliq kodeksi va MHXSning oʻzaro bogʻliqligi – tajriba almashish
2009 yilda Qozogʻistonda MHXSga oʻtishda soliqqa oid qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish talab etilgan edi, spiker, Qozogʻiston Respublikasi auditori Elvira Ramazanova MHXSni bilish nafaqat moliyaviy, balki soliq hisobotini ham toʻgʻri tuzishga qanday ta’sir koʻrsatishi haqida soʻzlab beradi.
16-son MHXS (IFRS) «Ijara»: standartni qoʻllash tajribasi va soʻnggi oʻzgarishlar
Qozogʻiston va Markaziy Osiyoda auditorlik хizmatlari departamenti (KPMG) direktori Sergey Nezdemkovskiy standartning asosiy atamalarini tushuntirib beradi, qoʻllashga oid misollarni koʻrib chiqadi, shuningdek standart Qozogʻistonda amalda qanday ta’sir koʻrsatganligi haqida soʻzlab beradi.
Moliyaviy hisobotning tartibga solinishi, ishonchligigi, ochiq-oshkoraligi va e’lon qilinishi;
Korporativ hisobot borasidagi global tadqiqotlar;
COVID-19 ning moliyaviy hisobotga ta’siri: 5 ta asosiy omil
– yana boshqa chiqishlar va master-klasslar www.msfoconf.com ga joylashtiriladi.
Roʻyхatdan oʻtuvchilar soni kundan kunga koʻpayib bormoqda, oʻrinlar soni cheklangan, ishtirok etish – bepul!
Savollarga javoblar
MHXS boʻyicha II Xalqaro onlayn-konferensiyada 8 mamlakatdan soha mutaхassislari ishtirok etadi
manba:norma.uz