Me’yorning foydasi haqida
Me’yorning foydasi haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Uzoq yashashning birdan-bir siri umrni qisqartirmaslikda.
E. FEYXTERSLEVENUzoq yashamoqchi bo‘lsang, kam-roq ovqatlan.
B. FRANKLINTaomning eng yaxshi qaylasi — nafsni tiyish.
SUQROTOg‘zingni ehtiyot qil: hamma kasallik og‘iz orqali o‘tadi. Shunday qilginki, ovqatdan keyin ham ishtahang qarnay bo‘lsin.
L. N. TOLSTOYAgar me’yoridan chiqib ketilsa, to‘qlikning ham, ochlikning ham, boshqa narsalarning ham xosiyati bo‘lmaydi.
GIPPOKRATNafsini tiya olmaydiganlar, taom, sharob va sevgi lazzati-ni totishda me’yorni bilmaydiganlarning huzur-halovati ko‘pga bormaydi, ular faqat yeyish yoki ichish paytidagina rohat qiladilar, ammo tiyila bilmaslik oqibatida tortadigan azoblari behisob va beadad bo‘ladi.
DEMOKRITAgar odamlar faqat qorinlari judayam ochgan paytdagina ovqatlanishganda, shunda ham odatdagi, toza va to‘yimli taomni iste’mol qilishganda edi, ular dard nimaligini bilishmagan va o‘z tanalari bilan ruhlarini onson idora eta olgan bo‘lishardi.
L. N. TOLSTOYHech kim me’yoridan ortiq yeb-ichmasligi kerak.
PIFAGORTush paytida kamroq ovqatlan, kechqurun esa undan ham kamroq bo‘lsin, chunki butun sog‘ligimiz oshqozonimizga bog‘liq.
M. SERVANTESHar doim to‘yib ovqatlangandan ko‘ra ahyon-ahyon och qolgan ma’qul.
ABUL FAROJUlug‘ odamlar hamisha taomda tiyinganlar.
O. BALZAKSihhat tilasang, ko‘p yema,
Izzat tilasang, ko‘p dema.
A. NAVOIYNafsni tiya bilmaslik borib-borib kishini nobud qiladi; badnafslik ertami-kechmi imoratni qulatadigan poydevor ostidagi ko‘zga ko‘rinmas suvdir.
J. BLEKKIHayotni saqlashi lozim bo‘lgan ovqat me’yoridan oshsa, u muqarrar o‘limga mahkum etuvchi zaharga aylanadi.
J. LABRUERHazm bo‘lmagan taom uni yegan odamning o‘zini yeydi.
ABUL FAROJKuchimizni qirqadigan darajada emas, balki kuchimizga kuch qo‘shadigan miqdorda yeb-ichaylik.
SISERONOrtiqcha suv ekinga zarar bo‘lganiday, haddan ortiq taom ham tanaga zarardir.
ABUL FAROJTanang imorati dosh bera oladigan miqdorda taom tanovul et.
L. JOMIYStol ustidagi behisob noz-ne’matlarni ko‘rganimda ularning har birida, xuddi pistirmadagiday, bod suvchechak,isitma va yana ko‘plab kasalliklar yashirinib yotganday tuyuladi.
J. ADDISONBizning ozuqa moddalarimiz shifobaxga bo‘lmogi, shifobaxsh dori-darmonlarimiz esa ozuqa bo‘lmogi kerak.
GIPPOKRATParhez taomlarning ta’siri davomli, dori-darmonlarning ta’siri esa o‘tkinchidir.
GIPPOKRATAgar ovqatga haddan tashqari ruju qilish hayvonlik bo‘lsa, taomga takabburona beparvo qarash nodonlikdir, hamma narsada bo‘lganiday o‘rtacha me’yorni saqlash kerak: berilib ham ketmang, e’tiborsiz ham qoldirmang.
I. P. PAVLOVIste’mol qiling, lekin suistemolga aylanmasin — donolarning taomili shu. Ortiqcha tiyinish ham, oshirib yuborish ham baxt keltirmaydi.
F. VOLTERMe’yor — tabiatning ittifoqdoshi, sog‘liqning posbonidir. Binobarin, yeb-ichishda ham yurish-turishda ham va hatto muhabbatda ham me’yorni saqlang.
ABUL FAROJ
Buyuk, hamisha bezarar, hamisha xaloskor dori — bu oqilona, me’yori bilan lazzatlanish, xotirjamlik va badantarbiyadir.
FENELONMashq va me’yor hatto keksalikda ham ma’lum daraja avvalgi quvvatni saqlab qolishi mumkin.
SISERONMe’yor quvonchga quvonch qo‘shib, huzur-halovatingizni oshiradi.
DEMOKRITMe’yorni salomatlikning onasi deyish mumkin.
MAKSIM VALERIYMe’yordan oshsa har qanday faoliyat foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi.
APULEYMe’yorni bilmasang, eng yoqimli narsa ham behad yoqimsiz narsaga aylanadi.
DEMOKRITLazzatlanish qancha oz bo‘lsa, shuncha shirin.
EPIKTETLazzat kosasini oxirigacha sipqorsak, uning tubida maydan ko‘ra quyqum ko‘pligini sezamiz.
O. BALZAKYaxshi, hatto eng yaxshi narsaga ham har kuni duch kelinsa, tez jonga tegadi.
G. LESSINGHech narsa hammavaqt bir xilda yaxgai bo‘lolmaydi, chunkn o‘gaa yaxshi ham o‘zining cheksiz yaxshiligidan adoyi tamom bo‘ladi.
V. ShEKSPIRLazzat esda qolishi uchun uni kamaytirish kerak.
Ch. BAKSTONHammavaqt lazzatlanish — hech qachon lazzat olmaslik demakdir.
F. VOLTERBorib-borib me’daga tegmaydigan lazzatning o‘zi yo‘q.
KATTA PLINIYOson va haddan ziyod nasib etgan lazzatu sevinchlar oxir-oqibatda o‘z nomini oqlamaydi.
M. SEVINEKeragidan ortiq narsaga intilish — muhtojlik ketidan quvish demakdir.
PUBLILIY SIROzita qanchalik qanoat qilsak, muhtojlik shunchalik kamroq tahlika soladi.
L. N. TOLSTOYOrtiqcha narsalardan voz kechgan odam muhtojlikdan xalos ,bo‘lgan odamdir.
I. KANTHech narsa ortiqcha bo‘lmasin.
GALENHar qanday ortiqchalik illatdir.
SENEKAHamma narsada me’yor bo‘lishi kerak.
SOLONHech qanday ortiqchalikka yo‘l qo‘ymaslik, xohishini tiya bilish kerak. Aslida xohish muxabbat, ijod, uzoq umrning qudratli madadkoridir.
A. A. BOGOMOLETSHar qanday ortiqcha narsa yo asabni, yoinki didni rasvo qiladi.
J. JUBERInson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat kelajakda soglom bo‘lish uchungina emas, balki bugungi kunda tetik-bardam yurish uchun ham me’yorni saqlaydi.
I. KANTOrtiqcha narsaga ruju qilish ko‘pincha zarur narsadan mahrum bo‘lishga olib keladi.
SOLONDono odam xohishga qarshi kurashib yurishdan ko‘ra undan voz kechish afzalligini yaxshi biladi.
F. LAROShFUKOShunday bir zo‘r qoidani hamisha yoshlarga eslatib turish kerak: hech narsa ortiqcha bo‘lmasin! Zero hamma yerda o‘zni ortiqchalik va behalovatlikdan saqlash imkoniyatini topish mumkin.
Ya. KOMENSKIYLazzatni oshira bilish san’ati unga nisbatan ehtiyotroq bo‘la olishdan iborat.
J. J. RUSSOHissiy lazzatlanish umrni qanchalik qisqartirsa, aqliy lazzatlanish uni shu qadar uzaytiradi.
P. BUASTEng yoqimli lazzatlanish eng kam yuz beradigan lazzatlanishdir.
DEMOKRITEng ulug donolik hamma narsadan voz kechish emas, balki eng kichik, arzimas narsalardan x,am rohatlana bilishdan ibo rat.
Sh. RESKINHar qanday huzur-halovat — agar unda adolatsizlik va ortiqchalik bo‘lmasa, agar u tabiiy istak mahsuli bo‘lsa hamda nozikta’b inson xohishlariga mos tushsa — bu rohatdir.
SENANKURDunyodagi barcha tirik mavjudotlar ichida faqat insongina o‘ziga foydali narsani bilmaslitiga iqror bo‘lishdan uyaladi.
KATTA PLINIYMavjud huzur-halovatdan shunday foydalanginki, kelgusida bo‘ladigan huzur-halovatga zarari tegmasin.
SENEKAKo‘pchilik umrining talay qismini hayotining qolgan bo‘lagini raddibalo qilishga sarflaydi.
J. LABRUERUzluksiz ichkilykbrzlik, tizginsiz muhabbat va me’yoridan ortiq shahvoniylikdan ko‘ra qarilikni tezlashtiradigan narsa yo‘q.
ERAZM ROTTERDAMSKIYBir nafaslik lazzat ko‘pincha bir umrlik azob-uqubatga sabab bo‘ladi.
K. VILANDHar qanday huzur-halovatga mayl qo‘ymaslik kerak, faqat nojo‘ya bo‘lmaganlari bundan mustasnodir.
EPIKTETGapirib bo‘lmaydigan huzur-halovat — halovat emas.
F. ROXASOxir-oqibat tarixi chiqadigan lazzatdan nariroq yurish kerak.
SOLONFoydasi yo‘q har qanday lazzatdan voz kechmoq lozim.
DEMOKRITYoqimli narsani foydali narsa bilan omixta qilgan odam hamisha yutadi.
J.J. RUSSOHuzur-halovatning quli bo‘lib qolgan odam tanasini ham, ruhiyatini ham majruh qiladi.
SUQROTziyouz.uz
Me’yorning foydasi haqida