MEYERXOLD Vsevolod Emilyevich
MEYERXOLD Vsevolod Emilyevich [1874.28.1 (9.2), Penza – 1940.2.2, Moskva] — rej. va aktyor, teatr arbobi, pedagog. Teatr islohotchilaridan biri. Rossiya xalq artisti (1923). 1898 — 1902-y. lar MXT (Moskva Badiiy teatri)da aktyor. Grozniy (A. Tolstoy, «Ioann Grozniyning oʻlimi»), Treplev, Tuzenbax (A. Chexov, «Chayka». «Uch opasingillar»), Malvolio, shahzoda Aragonskiy (U. Shekspir, «Oʻn ikkinchi kecha», «Venetsiya savdogari»), Iogannesa (G. Gauptman, «Yolgʻizlar») kabi rollarni ijro etgan. 1902—05 y. lar «Yangi drama oʻrtoqlik uyushmasi»ni boshqargan. 1906—07 y. lar V. Komissarjevskaya teatrida, 1908 — 17 y. lar Peterburgdagi Aleksandrinsk va Mari teatrlarida bosh rej. Shu yillarda «shartli teatr» prinsiplari va ularni uslublashtirish simvolizm po-etikasi, teatr sanʼati konsepsiyasi va b. bilan bogʻliq dasturni ishlab chiqib uni rivojlantirgan. 1920—38 y. lar Mosk-vadagi 1-Rossiya teatri (1923-y. dan Meyerxold nomida)ni boshqardi. «Misteriya — Buff», «Qandala». «Hammom» (hammasi V. Mayakovskiy), «Revizor» (N. Gogol), «Oʻrmon», «Serdaromad joy» (A. Ostrovskiy) kabi spektakllarni, shuningdek, «Orfey Evridika», «Qargʻa motkasi» singari operalarni sahnalashtirgan. Meyerxold ijodi jahon teatri sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatdi. 1939-y. qatagʻon qilingan va qamoqxonada otib tashlangan.
Ensiklopediya.uz
MEYERXOLD Vsevolod Emilyevich