MEXANIZMLAR KINEMATIKASI

MEXANIZMLAR KINEMATIKASI

MEXANIZMLAR KINEMATIKASI — mexanizmlarga taʼsir etadigan kuchlarni hisobga olmagan holda qism (zveno) lari harakatining geometrik jihatlari oʻrganiladigan soha; mashina va mexanizmlar nazariyasi boʻlimi. Mexanizmlar kinematikasida kinematik analiz va kinematik sintez masalalari yechiladi. Mexanizmlar kinematikasi masalalarini yechish uchun mexanizmning kinematik xossalarini ifodalaydigan asosiy koʻrsatkichlar va yetakchi zvenolarning harakat qonunlari maʼlum boʻlishi kerak.

Ensiklopediya.uz
MEXANIZMLAR KINEMATIKASI