MEXANIKA

MEXANIKA

MEXANIKA [yun. mechanike (teche) — qurol, inshoot] — tashqi kuch taʼsirida jismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Moddiy nuqta M. si, moddiy nuqtalar tizimi Mexanikasi, mutlaq qattiq jism M. si, gruntlar Mexanikasi va tutash muhit Mexanikasi kabi boʻlimlarga, bularning har qaysisi dinamika, kinematika va statika boʻlimlariga boʻlinadi. Mexanikaning mexanika qonunlarini amaliy masalalar — mashinalar, me-xanizmlar va b. inshootlar yasashga tatbiq qilish b-n shugʻullanadigan soxasi amaliy (tatbiqiy) Mexanika deb ataladi; inshootlar va ularning qismlarini mustahkamlik va ustuvorlikka hisoblash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan sohasi qurilish M. si deyiladi.

Ensiklopediya.uz
MEXANIKA