Mevani bilmagan qizaloq

Mevani bilmagan qizaloq

Mevani bilmagan qizaloq

DO`STLARGA ULASHING:

Yulyani maktabga berishmoqchi bo‘lishdi.  Qizaloq o‘qishni boshlashi mumkinligini  tekshirish uchun u test topshirishi kerak edi.
— Oddiy narsalardan boshlaymiz, — dedi  ruhshunos va vazadagi mumdan yasalgan mevalarni olib stol ustiga qo‘ydi, — Olma, nok, apelsin, shaftoli. Bir so‘z bilan ular nima deb ataladi?

qizaloq11

Yulya gapirmay ko‘zlarini yerga tikdi.
— Davom etamiz. Mana bodring, pomidor, rediska, kartoshka va piyoz. Ular bir so‘z bilan nima deyiladi?
Yulya lablarini tishladi.
— Qulupnay, malina, gilos… Ular qanday nomlanadi?
— Yodimdan chiqdi, — pichirladi qizaloq, ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiyib,
— Hali maktabga borishga erta, — dedi ruhshunos Yulyaning onasiga, — Bir yilcha kuting, shug‘ullaning. U oddiy narsalarni ham bilmaydi.
Ona qiziga ajablanib qaradi:
— Yulinka, shularni bir so‘z bilan aytilishini nahotki bilmasang?
— Esladim, oyijon! — chehrasi ochildi qizaloqning. — Nusxa. Meva va sabzavotlarning mumdan yasalgan nusxalari.
Rus tilidan Xurshid Nurullayev tarjimasi

Mevani bilmagan qizaloq