Mevali desert to’liq malumot oling
Zarur mahsulotlar: 250 gr. uzum, 50 gr. shakar, 2 ta tuxum oqi, 150 gr. qand upasi, 1 osh qoshiq limon sharbati, 200 gr. ivitilgan olxo‘ri qoqisi, 50 gr. vanilin va muzqaymoq.
Tayyorlanishi: uzum donachalari o‘rtasidan ikkiga bo‘linadi. Limon suvini ta’bga ko‘ra shakar bilan qo‘shib, ozgina isitiladi va uni erib ketgunicha aralashtiriladi. Aralashmaga shakar qo‘shib, bize tayyorlanadi. Bizeni pergamentli qog‘ozga quyib, uni tayyor bo‘lgunga qadar duxovkada quritib olinadi. Qand upasining yarmi ivitilgan olxo‘ri qoqisi bilan yaxshilab ko‘pirtiriladi. Desertning qolgan yarmi esa uzum donalari bilan to‘ldiriladi. Stakanning ichi qatma-qat bizelar va olxo‘ri hamda uzum bilan to‘ldiriladi. Usti esa muzqaymoq bilan bezaladi.
Guli NOZ
soglom.uz/tavsiya/mevali-desert/
Pazanda
Mevali desert