MEVA SHARBATI

MEVA SHARBATI

MEVA SHARBATI — meva va sabzavotlardan olinadigan shirin suyuklik; meva suvi. Asosan, olma, uzum, shaftoli, olxoʻri, oʻrik, anor, sabzi va b. dan olinadi. Meva sharbatining 2 xil: tiniq va meva eti bilan tayyorlanadigan turlari ishlab chiqariladi. Eti bilan tayyorlanadigan Meva sharbatiga oʻrik, shaftoli, ol-xoʻri va b. sharbati kiradi. Sanoatda 2 yoki bir necha xil mevasabzavotlar sharbatlari aralashmasidan iborat boʻlgan omixta (aralash) sharbatlar ham ^ishlab chiqariladi. Meva sharbatining tabiiy (qand qoʻshilmagan) va 5—15% qand qoʻshilgan xillari bor. M. sh. da meva va sabzavotlar tarkibidagi barcha foydali oziq moddalar (qand, organik moddalar, kislotalar, vitaminlar, mineral tuzlar, pektin, klechatka va xushboʻy moddalar) boʻlib, taʼmi saqlanadi. Meva sharbati tarkibida: 5—15% qand, 0,3—3,0% organik kislotalar, turli vitaminlar, mineral tuzlar va b. bor. Meva sharbati chaykov bosuvchi spirtsiz ichimliklar, sirop (shirin suv), likyor va b. tayyorlash uchun ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
MEVA SHARBATI