Metroda ham internet bor – atigi 500 so‘mga bir gigabayt! to’liq malumot oling

Metroda ham internet bor – atigi 500 so‘mga bir gigabayt! to’liq malumot oling

Kuni kecha Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekistonda ilk bor tijoriy 5G tarmog‘ini ishga tushirgan edi. Mazkur kompaniya yana Toshkent metropolitenida ham aloqa va internet xizmatlarini joriy etgan.

Metroda aloqa ishga tushirilishi munosabati bilan mazkur operator yangi – «Ucell metroda» aksiyasining boshlanishini e’lon qildi. Endi uning abonentlari metroda ketayotib ushbu xizmatdan foydalanishlari, barcha yo‘nalishlar uchun 1 GB internet-trafikni atigi 500 so‘m evaziga ulatishlari va yer osti metro bekatlarida internet dunyosiga sho‘ng‘ishlari mumkin.

Internet-trafikni ulatish hamda uning qoldig‘ini tekshirish *600# USSD-so‘rovi orqali amalga oshiriladi.

«Ucell metroda» aksiyasi 2021 yilning 17 may sanasigacha amal qiladi. Uning shartlari bilan batafsil tanishib chiqish uchun mazkur havola orqali kompaniya saytiga o‘tishingiz mumkin.

Manba: www.Terabayt.uz

Boshqa mavzular
Metroda ham internet bor – atigi 500 so‘mga bir gigabayt!