METRIKA
METRIKA (… metro) — oʻlchov va vaznlar haqida taʼlimot, yunon musiqa nazariyasining sheʼriy va musiqiy vaznlar, boʻgʻin va choʻzimlar tizimini oʻrganuvchi boʻlimi. Ushbu maʼnoda qad. va oʻrta ayerlarda Metrika musiqa nazariyasiga qaraganda grammatika faniga koʻproq taalluqli hisoblangan. Metrika maxsus musiqiy oʻlchov (takt)ni belgilaydigan ritmik urgʻularning oʻzaro munosabatlari haqidagi taʼlimot sifatida nemis musiqashunosi Metrika Gauptman tomonidan ilk bor 1853-y. da Yevropa musiqa nazariyasiga tatbik, etilgan. Metrika taʼlimoti, asosan, takt tushunchasiga asoslangan, baʼzi yirik musikashunoslar (X. Riman, K. Zaks va b.) unga ritmiksintaksis tuzilmalarni (mas, davr, jumla. ohang, ibora va b.) ham kiritib, Metrikaga yanada kengroq, universal maʼno berganlar. Oʻrta va Yaqin Sharq musiqashunosligida (Forobiy, Ibn Sino, Urmaviy, Jomiy, Navoiy, Darvishali Changiy va b.) M. — ilmi iyqoning tarkibiy qismi boʻlib, musiqiy sheʼriy tushuncha va atamalar (usul, iyqo, bahr, vazn va b.) vositasida keng sharhlangan (q. Iiqo).
Ensiklopediya.uz
METRIKA