METODIK PECh
METODIK PECh — metall zagotovkani bolgʻalab, prokatlab yoki shtamplab ishlov berishdan oldin qizdirish uchun moʻljallangan pech. Unda metall zagotovkalar uzluksiz harakatlanib turadi, ularni muayyan rejimda asta-sekin (metodik tarzda) qizdirib boriladi. Metodik pechda metodik zona; payvandlash va tindirish zonalari boʻladi. Metodik zonada zagotovka dastlabki qizdirish jarayonidan oʻtadi, payvandlash zonasida bir nechta birin-ketin joylashgan zonachalar boʻlib, ularda zagotovka asta-sekin qizdirib boriladi, tindirish zonasida haligi qizigan zagotovka muayyan muddat ushlab turilib t-rasi tenglashtiriladi, yaʼni tindiriladi. Metodik pechda zagotovka yonish mahsulotlari oqimiga qaramaqarshi harakatlanadi.
Ensiklopediya.uz
METODIK PECh