METGEMOGLOBIN
METGEMOGLOBIN, MtHB (meta… va gemoglobin) , gemiglobin, ferrigemoglobin — oksidlangan gemoglobin; bunda kislorod gemoglobin tarkibidagi temir bilan mustahkam birikib, oʻzidagi kislorodni toʻqimalarga ajratib chiqara olmaydi. Natijada kislorodga yolchimaslik — gipoksiya holati yuzaga keladi. Sogʻlom kishi eritrotsitlari tarkibida Metgemoglobin juda oz mikdorda (0,1 — 1%) boʻladi. Organizm turli kimyoviy moddalar yoki dorilardan zaharlanganda qonda Metgemoglobin mikdori ortadi (metgemoglobinemiya). Bunday hollarda tez toliqish, bosh ogʻrigʻi va koʻkarish (sianoz) alomatlari yuzaga chiqadi.
Ensiklopediya.uz
METGEMOGLOBIN