METALLOTERMIYA
METALLOTERMIYA (metallar va yun. terme — issiq) — issiqlik ajralishi bilan yuz beradigan metallotermik (metall-issiklik) jarayon; metallar va qotishmalarni ularning birikmalari (oksidlar, xloridlar, ftoridlar va b.)ga faolroq metallar (qaytargichlar) taʼsir ettirib qaytarib olish. Qaytargichning xiliga qarab, alyuminotermiya, kalsiyetermiya, magniyetermiya va b. farq qilinadi. Metallotermiyaning elektr pechda oʻtadigan (ishlov beriladigan materi-alga issiqlik elektr pechdan keltirilad»K pensiz (qoʻshimcha issiklik keltirilmaydi) va vakuumda (€aʼzi materiallar uchuvchan boʻlganligi oʻchun vakuum sharoitida) oʻtadigan usullari bor. M. usullari yordamida yuqori si-fatli uglerodsiz legirlovchi qotishmalar (mas, ferroqotishmalar), sof va oson bugʻlanadigan metallar va b. olinadi.
Ensiklopediya.uz
METALLOTERMIYA