METAGALAKTIKA
METAGALAKTIKA (meta… vo galaktika) — yulduz sistema (galaktika) lari majmui. Koinotning zamonaviy teleskoplar bilan kuzatsa boʻladigan (bular mlrd. ga yaqin) galaktikalarning hammasi Metagalaktikaning bir qismi. Galaktikamiz yoki somon yoʻli sistemasi Metagalaktika dagi yulduz sistemalaridan biridir. Teleskoplar quvvati oshgan sari uzok, masofadagi obyektlar tadqiq qilina boshlandi. Metagalaktika hech qanday obyekt boʻlmay, koinotning shartli ravishda olinayotgan qismi xolos. Galaktikalar asosan turli fizik bogʻlangan toʻdalarni va guruxlarni tashkil qiladi. Guruhlar ikki yoki undan ortiq yulduz sistemasidan; oʻnlab, yuzlab va, hatto, minglab galaktikalarni oʻz ichiga olgan toʻdalardan, oʻn minglarcha galaktikadan tuzilgan tumanliklardan iborat boʻladi. Mas, bizning Galaktika va unga yaqin joylashgan boshqa (taxm. 150 ta) galaktikalar mahalliy galaktikalar guruhi deb ataladigan toʻdaga kiradi. Bu toʻdalarning toʻdalari ham mavjud boʻlib, ularning massalari kamida bir necha ming trillion Quyosh massasiga teng. Ushbu oʻtatoʻdalar Metagalaktikaning e ng yirik fizik obyektlari hisoblanadi. Ular shakli deyarli disksimon boʻlgani sababli adabiyotda «Zeldovich quymoklari» deb ham ataladi.
Ensiklopediya.uz
METAGALAKTIKA