METAFIZIKA
METAFIZIKA (yun. meta ta physika — fizikadan soʻng) — borliqning sezgilardan yuqori turuvchi pritsiplari va umumiy asoslari toʻgʻrisidagi fan. Fizikada tadqiqotchi bevosita hissiy obyektlar ustida izlanish olib borsa, Metafizikada esa tadqiqotchi sezgilar vositasida anglab olish mumkin boʻlmagan obyektlarni tadqiq etadi. Metafizikaning tadqiqot mavzuiga kiruvchi sifat, maz-mun, mohiyat, hodisa va b. obyektlar toʻgʻrisida fikr yuritganda ularni bevosita koʻrib boʻlmaydi, ular boshqa narsa va hodisalarning oʻzaro aloqadorliklari jarayonida namoyon boʻladi. Shu jihatdan tarixan Metafizika atamasi, koʻpincha, falsafa atamasining sinonimi sifatida ishlatilgan.
Ensiklopediya.uz
metafizika