MERISTEMA
MERISTEMA (yun. meristos — boʻlinuvchi) , hosil qiluvchi toʻqima — oʻsimlik toʻqimalaridan biri. Boʻlinish va yangi hujayra hosil qilish xususiyatini uzoq saqchaydi. Meristemaning bir guruh hujayralari — initsial hujayralar rivojlanishning embrional fazasidan boshqa fazaga oʻtmay, boʻlinaveradi va oʻsimlikning oʻsishini taʼminlaydi. Boshqa guruh hujayralari esa asta-sekin differensiatsiyalanib, turli (mas, qoplovchi, oʻtka-zuvchi, mexanik toʻqima va b.) doimiy toʻqima hosilalarini paydo qiladi.
Ensiklopediya.uz
MERISTEMA