Mentor nima uchun kerak ?
Kundan kunga jadal o’sib borayotgan tech-industriyada har soniyada bo’lmasada lekin har daqiqada nimadur yangilik ro’y beradi. Yangi kutubxona yoki uni yangilanishi yangi dastur kabi o’zgarishlar sohani jadal rivojlantirmoqda.
Yangi boshlovchi uchun esa tanlagan IT sohasiga qarab o’qishi va o’rganishi kerak bo’lgan narsalarning ko’pligi odamni qiyin tanlov oldida to’xtashiga sabab bo’ladi.
Toshmatvoy :
— Javascript o’rgan u hozir TOP ! deydi.
Eshmatvoy:
— Python o’rganish kerak chunki u Youtube va Instagramlarda ishlatiladi ! deydi.
Xullas endigina dasturlash , IT’ga qiziqayotgan odamni har hil variantlar har hil tanlovlar bilanko’mib tashlanadi. Ayrim hollarda aniq bir qarorga kela olmaganligi tufayli ko’pchilik ushbu sohaga kirgisi kelmay qoladi. Maqola sarlavhasi sifatida biz Mentor nima uchun kerak ? degan savolni tanladik.
Bu maqolada aynan shu savolga javob berish orqali yuqorida ta’kidlagan muammolarimizga ham yechim topamiz. Agar ichingizda kimdur xuddi shunday muammoga duch kelgan bo’lsa va bizning o’z bo’lsa ham bergan maslahatlarimizga amal qilgan holatda to’g’ri yo’l topa olsa biz bundan xursand bo’lamiz.
Demak , Nimani o’rgansam ekan ? degan savol oldimizda turgan vaqtda xuddi shu savolga o’zimizga o’xshagan yangi boshlagan yoki hali o’qiyotgan IT’chilardan emas balki ozmi ko’pmi ish amaliyotiga ega takribaliroq soha vakillaridan javob olganingiz ma’qul. Siz qiziqayotgan soha turiga qarab shu sohada faoliyat yuritayotgan kam bo’lsada lekin tajribasi bor insonlardan yo’l ko’rsatishlarini iltimos qilganingiz ayni muddao.
Aynan shu insonlardan biri siz uchun Mentor bo’lishi ham mumkin . Mentor yunonchadan olingan so’z aslida. Dehqonchasiga tushuntirganda ish tajribasiga ega inson o’z tajribalarini endi ish o’rganayotgan hali ko’p narsalarni o’qishi kerak bo’lgan shogirt bilan bo’lishadigan odamga aytiladi. IT’da ularning o’rni juda katta sababi yuqorida aytganimizdek soha tez rivojlanayotgan va doimiy ‘upgrade’ , (apgreyd — yangilanish)lardan iborat. Bunday muhitda to’g’ri va aniq ish tajribasiga ega odamdan yo’l ko’rsatishini so’rash to’g’ri bo’ladi bizningcha.
Sizda aniq bir manzil bor lekin unga borish uchun marshrut yo’q. Yo’llar esa shu darajada ko’pki endi bittasi haqida sal tushinishni boshlaganingizda boshqasi paydo bo’ladi. Shu payt sizga biror bir yo’lni (stack — yo’nalishni) biladigan ‘yo’lchivoy’ (full-stack developer — yo’nalishni to’liq egallagan dasturchi) bo’lgani ma’qul.
Shu o’rinda xozirda yurtimizda dasturlash kurslari ko’p ekanini va kundan kunga bular soni ortib borayotganini eslatib o’tamiz. Kurslar ko’p lekin aynan qaysi biri eng effektiv ekanini bilish biroz qiyin sababi sohani tushunivchilar atrofda juda ozchilikni tashkil qiladi . Siz biror bir kursga borsangiz u yerda sizga shuncha oyda shunaqa natijalar qilasiz shuncha oylik olasiz degan gaplar siz uchun ma’qul kelishi va kurs sifatini bilmasdan uninng uchun vaqt ajratishingiz o’qishingiz mumkin. Vaqt o’tib ozmi ko’pmi soha haqida tushunchalarga ega bo’lganingizdan keyin balki kurs siz uchun effektiv bo’lib tuyulmas. Bu yerda albatta sizning o’zlashtirishingiz katta rol o’ynaydi.
Kursni mentor o’tadi tabiiy ravishda agar sizda o’zlashtirish qoniqarli bo’lsa mentornig o’quv metodikasi va o’qitish amaliyotiga ko’p narsa bog’li bo’lib qoladi. Shuning uchun agar siz o’zingizga ishonsangiz u holda sohaga kirish uchun biror bir kursni boshlashdan avval u kurs haqida va ayniqsa mentor haqida ma’lumotlar olishga harakat qiling. Kursda o’qigan , o’qiyotgan talabalar bilan mentor haqida bilishga harakat qiling qancha tajribasi va qancha o’qitish tajribasi bor ekani haqida so’rang. O’quv markazi haqida internet orqali ma’lumotlar olishga harakat qiling. Barcha tekshiruvlaringiz ijobiy natijalar bersa u holda mentor bilan uchrashing jonli suhbat orqali qanday inson ekanini biling sizga ma’qul bo’lsa bismillah deb kursni boshlang.
Mentor bo’lishi kerak o’rtoqlar ! Kasbmi , bilimmi farqi yo’q ustoz orqali olinadi. Ilmga kasbga hurmat ko’rsatiladi , ustozni hurmat qilinadi keyin astoydil harakat orqali natijalardan umid qilish mumkin. Buni aksi bilan esa quruq havas va hom hayollardan boshqa narsalarga erishib bo’lmaydi. Tajribamizda shunday holatlarga ko’p guvoh bo’lganimiz uchun bu gaplarni ham maqolaga ilova qildik.
Umumiy Dasturlash
Mentor nima uchun kerak ?