MENINGIT

MENINGIT

MENINGIT (yun. meninx — miya pardasi) — bosh miya va orka miya pardalarining yalligʻlanishi, mikroorganizmlar koʻzgʻatadi (q. Miya pardasi). Mustaqil kasallik sifatida paydo boʻladigan birlamchi va asoratlar tufayli yoki infeksiya yuqishi, mas, oʻrta quloq,. burun yondosh boʻshliqlarining yalligʻlanishi, gripp, qizamiq, tepki, sil, zaxm oqibatida kelib chiqadigan ikkilamchi Meningit farqlanadi. Meningit qoʻz-gʻatuvchilariga (virusli, bakterial, zamburugʻli; sil, zaxm Meningiti va b.), kechishiga (oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali Meningit), orqa miya suyukligi (likvor) ning oʻzgarishiga qarab (yiringli va seroz Meningit) ajratiladi. Chivin va kanalar yuqtiradigan infeksion kasalliklar (ensefalit, meningoenefalit)da ham Meningit kuzatiladi. Infeksiya Meningit b-n ogʻrigan bemor yoki bakteriya tashib yuradigan «sogʻlom» kishilardan (ular b-n soʻzlashganda, oʻpishganda, bemor aksirganda, yoʻgalganda), aksari yuqori nafas yoʻllari yalligʻlangan bemorlardan yuqadi. Kattalarga nisbatan yosh bolalar koʻproq kasallanadi. Aksariyat kech kuz, qish va erta bahorda uchraydi. Kasalllk toʻsatdan boshlanadi, harorat 38—40°ga koʻtariladi, badan uvi-shadi, bemor teztez qayt qiladi (ovqat yesa-yemasa ham), bezovtalanadi. Meningitning shakliga qarab klinik belgilari xilma-xil boʻladi, lekin ularning barchasiga xos ayrim alomatlar mavjud; qattiq bosh ogʻrigʻi, bosh va boʻyin muskullarining tortishishi natijasida bemornig boshi orqaga engashgan boʻlib, oldinga ega olmaydi, oyokdari bukilib qoladi. Baʼzan bemor alahlaydi, talvasa tutishi ham mumkin, tashqi taʼsirotlar (kuchli yorugʻlik, qattiq tovush va h. k.)ga taʼsirchan boʻladi.

Ensiklopediya.uz
MENINGIT