Mening Googledagi intervyum

Mening Googledagi intervyum

Mening Googledagi intervyum

Boshlanishi

2018 yil yozining so’nggi kunlari edi. Asli hindistonlik hamkasbim Raja kelib qaysidir algoritmni implemntatsiyasi haqida so’ray boshladi, u vaqtda biz birga Koreyada Samsungda ishlar edik va algoritm masala ishlay olish bo’yicha ma’lum bir talablarga rioya qilishimiz kerak edi. Bir necha kun davomida meni ish o’rnimga serqatnov bo’lib qolgan hamkasbim axiyri yorildi. Emishki, Google Koreyadagi ofisiga RCS bo’yicha tajribasi bor developerlarni ishga olayotgan emish. Biz u vaqtda IMS bo’yicha ishlaganligimiz sababli, teamdagi har qanday dasturchi injiner Google recruiterlari uchun mo’ljaldagi nishon edi. Albatta, bu nishonlar Google’ning intervyu elagidan o’tishlari talab qilinardi. Hamkasbim shu vakansiyaga apply qilgan, va phone intervyusiga tayyorlanayotgan ekan.

Bir necha kundan so’ng Raja, o’zi u elakdan o’ta olmasligiga ko’zi yetdimi yoki meni birinchi bo’lib «razvedka»ga yubormoqchi bo’ldimi, menga ham o’z omadimni sinab ko’rishni taklif qilidi. Men, albatta, roziligimni berdim va Raja men haqimda birga ishlayotgan google recruiterga aytgandan so’ng, recruiter menga ham aloqaga chiqdi. Resume’imni yuborganimdan so’ng, telefon orqali qisqa suhbat bo’lib o’tdi. Recruiter googlening Nyu Yorkdagi ofisida ishlashini aytib, Koreyada yangi yig’ilayotgan team haqida juda qisqa ma’lumot berdi, meni resume’imda keltirilgan ma’lumotlarni birrov takrorladi, shuningdek ishimda vaqtimning necha foizini code yozishga sarflashimni va 0 dan yangi code yozishimni so’rab o’tdi. Koreyada katta kompaniyalar ishlash principini bilganligim sababli bu savollar menga uncha kutilmagan emasdi.

U yog’iga email orqali muloqot qilib, phone intervyuni belgiladik.

Phone Intervyu

Sentyabrning oxirlarida phone intervyu bo’lib o’tdi. Menga qong’iroq qilgan injiner Google ning Kirkland dagi ofisida ishlar ekan. Ish boshlaganiga, eslashimcha, 2 yil atrofida bo’lgan edi. Qisqa salom alikdan so’ng intervyu masalasini tushuntirib o’tdi. Masala kombinatorika bilan bog’liq edi. To’g’risi bunday savolga uncha tayyor emas edim, biroz hayajon bosdi. Lekin intervyu oluvchining kichik yordami bilan backtracking va rekursiya yordamida masalani tugalladim. Intervyu oxirida yana qisqa suhbat qildik va yakunladik.

Natijani 1 hafta kutdim, javob kelavermagach o’zim recruiter bilan bo’glandim. Javob tez kelmagani va intervyuda masalani tugatish uchun yordam kerak bo’lganligi sababli men, to’g’risi, ijobiy natija kutmagan edim. Ziyrak o’quvchim albatta phone intervyu natijasini biladi. Intervyu natijasi salbiy bo’lganda quyida yozilgan matn ancha qisqaroq ko’rinishda bo’lishini yoki balki bu matn umuman bo’lmasligi ham mumkin edi.

Men yozgan xatga recruiter shu kuniyoq javob berdi. Xatim uchun raxmat aytib, bugun yoki hafta oxirida telefon orqali muloqot qilishga imkoniyatimni so’radi. Nega (meni qiynamasdan) qisqa qilib o’tding yoki o’tmading deb aytib qo’ya qolmaganini tushunganim yo’q. Hafta oxirigacha kutishga sabrim chidamay, shu kuniyoq telefon orqali suhbat qildik. Men kelasi bosqichga o’tgandim! Shu bilan birga men bilan endi Koreyadagi recruiter ishlashini ham aytib o’tib, uni telefon orqali tanishtirdi.

Recruiterlar men uchun kelasi bosqichni quyidagicha taqsimlashdi: 2ta domain interview qilinadi va ularning natijasiga qarab onsite: 2 ta coding va 1 ta system design interview bo’ladi. Men RCS bilan ishlashim tufayli domain intervyu SIP protokoli va RCS/IMS bilan bog’liq bo’ladigan bo’ldi.

Domain intervyu

Domain intervyuga yaxshi tayyorlanishga harakat qildim. Asosiy qilgan ishlarimdan biri bu RFC3261 ni o’qib tugatdim, bu RFC SIP2.0 protokolinng asosiy hujjati bo’lib, IMS ning asosi sifatida xizmat qiladi. Samsungda ish jarayonida bu RFC da belgilangan normalar bilan ko’p ishlardim, lekin hech RFC ni o’zini o’qimagandim, intervyu bahonasida to’liq o’qib ham chiqdim.

Intervyu Koreya vaqti bilan erta tongda bo’lib o’tdi. Sababi menda intervyu oluvchilar Google ning Mountain View dagi ofisidan bo’lib, SIP va VoIP bilan ishlaydigan injinerlar edi. 2 ta intervyu oldinma ketin bo’lib o’tdi. Birinchi intervyu faqat SIP protokoli bo’yicha bo’ldi va men bu prokolni yaxshi bilganim tufayli men uchun ancha onson kechdi. Ikkinchi intervyu qiyinroq o’tdi. Intervyu oluvchi VoIP va VoWiFi dagi real life muammolar bilan ancha boshimni qotirdi. Javoblarim biroz mujmal bo’lsa ham yomon bo’lmagan ekan shekilli, bir necha kundan so’ng recruiter men bilan bog’lanib kelasi va so’nggi bosqichga taklif qildi.

Onsite intervyu

Onsite(yuzma-yuz) intervyu google ning koreyadagi ofisida bo’lib o’tdi. Avvalroq 2 ta coding va 1 ta design intervyu haqida aytib o’tishgan bo’lsa ham, menda 3 ta coding intervyu bo’lib o’tdi. Birinchi intervyu design intervyu bo’lishi kerak edi, lekin berilgan savol ancha keng qamrovli bo’lgani uchunmi, yoki boshqa sababmi, intervyuni ma’lum bir muammo yechimi uchun code yozish bilan yakunladik. Ikkinchi intervyu masalasi ancha murakkab edi. 2d array orqali O(n^2) da ishlaymanmi deb boshim qotib turganda, prefix sum orqali yaxshiroq yechim kallaga kelib qoldi. Ishlash davomida interviewer dan biroz yordam olgan bo’lsam ham, natijadan o’zim qoniqqan edim. Uchinchi masala berilishi sodda edi, yechimni onson topdim va biroz yengilroq qaradim. Mana shu past qarash keyinchalik menga qimmatga tushdi deb o’ylayman. Uchinchi masalani ishlash davomida men 2 ta map ni solishtirisda katta xatolikka yo’l qo’ydim va vaziyatdan chiqib keta olmadim. Interviewer meni tuzatdi, va hammasi tabiiy bo’lganday vaziyatdan u olib chiqib ketdi. Onson masalani murakkablashtirib 2-masalaga ham o’tdik. Uni ham ishlab masalaga yana bir murakkablik qo’shib boshlang’ich masalanin 3-formasini ishlash jarayonida vaqtimiz tugadi.

So’ng recruiter kirib kelib «How are you?» deb ahvol so’radi, men tabassum bilan «I am still alive» deb hazil qildim, ancha charchagan bo’lsam ham kayfiyatim yaxshi edi. Biz birga kofe ichib biroz o’tirdik, recruiter google koreya va yangi yig’ilayotgan jamoa haqida qisqacha tanishtirib o’tdi. Oxirida menga tez kunda aloqaga chiqishini aytib xayrlashdik.

Natija va umumiy taassurotlarim

Recruiterlar juda aktiv edi, emaildan biron savol yuborsam qisqa muddatda javob olar edim. Shuningdek ular intervyu haqida umumiy ma’lumotlarni keragidan ortiq ham berishdi. Yana bir narsa, interview vaqtini alohida coordination team yordamida aniqlashtirar edim.

Yuzma-yuz intervyu oluvchilar savolni berib darhol jim qolishar va men nima deyishimni qanday reaksiya qilishimni kutishar edi.

Umuman olganda, men ishlagan odamlarda javobgarlik hissi yuqori edi va men bilan professional darajada muloqot qilar edilar. Koreyadagi xayotim davomida bunday holga ko’p uchraganman deb ayta olmayman.

Yuzma-yuz intervyuning ertasi kuni recruiterdan xat oldim. U natijani aytmay, mendan telefon orqali muloqot qilmoqchi ekanligini bildirdi va menda natija salbiiy ekanligiga gumon uyg’otdi. Chunki avvalgi bosqichlarda men ijobiy natijani xat orqali olib, keyingi bosqichlarni telefon orqali muhokama qilgan edik. Shunday qilib, telefon orqali suhbatda mening gumonim o’z tasdg’ini topdi. Yiqilishimning aniq sababini keltirmay, menga consistency yetishmaganligini aytib o’tdi.

Hafa bo’ldim, albatta. Lekin hayot davom etardi. Bu yiqilish menga kelgusi zafarlar uchun yaxshi dars bo’lib xizmat qildi.

Bunda tashqari, haligi recruiter 7-8 kundan so’ng menga yana xat yozib, google da hali ham ishlashni xohlaysanmi deb so’radi, va yangi bir imkoniyat haqida aytib o’tdi 😉 Bu imkoniyat va google bilan qilgan ikkinchi intervyuni keyinroq yozib chiqaman albatta!

Vaqtingiz uchun rahmat, salomat bo’ling!

Manba:

Boshqalar
Mening Googledagi intervyum