Men sevgan dostonlardan biri
Goʻroʻgʻli Kuntugʻmish Poʻlat nayza qor ostida yotarmi, Temir nayzang egovlasang oʻtarmi, Sening toʻrang nomardlardan emasdir, Mard oʻgʻlon sevdigin tashlab ketarmi?.. Kuntugʻmish oʻz maqsadiga sodiq, har qanday sharoitda tushkunlikka tushmaydigan inson. U nomsiz, poyonsiz togʻ darasidan vataniga boradigan yoʻlni rosa izlaydi, bu orada egizak farzandli boʻladi, ular uch yoshga toʻlganda ham biror bir el daragini topolmaydi. Xullas, Kuntugʻmish feT-atvorida siz havas qiladigan, ergashadigan insoniy sifatlar juda koʻp. Dostonni sinchiklab mutolaa qilsangiz, bunga oʻzingiz amin boʻlasiz. Xolbeka siymosi ham dostonda baxshi bobomiz tomonidan alohida mehr, iliqlik bilan tasvirlangan. U oʻz soʻzida turadigan, barcha hunarlarga mohir qiz. Oʻzi qanchalik bir ishga mohir boʻlsa, boʻlajak jufti halolidan ham shuni talab qiladi. Shu maʼnoda Xolbeka oʻz xulqi va fazilatlari bilan har jihatdan Kuntugʻmishga teng va munosib boʻlgan inson.Men sevgan dostonlardan biri
DO`STLARGA ULASHING:
Reja:
Kirish: Men sevgan dostonlardan biri
Asosiy qism:
1)Xalq dostonlarining bugungi kundagi ahamiyati
2)Dostonda Goʻroʻgʻli obraziga tavsif.
3) ,, Goʻroʻgʻli» dostonida or-nomus ifodasi.
Xulosa: Dostondan olgan taassurotlarim
g’aroyib holda tug’ilishi va qahramonona yoshligini tasvirlovchi «Go’ro’g’lining tug’ilishi», «Go’ro’g’lining bolaligi» dostonlari bilan boshlanadi. Ularning Po’lkan variantida tasvirlanishicha, Go’ro’g’lining bobosi To’liboy sinchi Mari yurtining begi Qovishtixonning o’g’li bo’lib, yoshligida Yovmit podshosi Odilxonga asir tushadi. To’liboy sinchi xizmatlaridan ko’ngli to’lgan Odilxon qizi Bibi Oyshani unga nikohlab beradi. Bulardan bo’lg’usi qahramonning otasi Ravshan tug’iladi. Taka-Yovmit yurtining doimiy dushmani Shohdorxonning navbatdagi bosqinchiliklaridan birida Ravshan, shuningdek, Taka-Turkman begi Jig’alixonning farzandlari Gajdumbek va Bibi Hilollar Zangar yurtiga asir tushib ketadi. Zangarda Ravshan bilan Bibi Hilol tasodifan uchrashib qolib, bir-birlarini sevib qoladilar va turmush quradilar. Bu orada Ravshanning sinchiligi xabari Shohdorxonga yetib keladi. Shohdorxon uni saroyga chaqirib, otlarini ko’rsatadi. Ravshan bular ichida tulpor yo’qligini aytib, holvachining otini maqtaydi. Achchiqlangan xon Ravshanning ko’zlarini o’yib oladi. Ravshan ko’r ko’zining xuniga holvachining otini tilab olib, shu ot yordamida qaynakasi Gajdumbek bilan Yovmitga qochadi. Zangarda qolgan Bibi Hilol qornidagi olti oylik gumonasi bilan vafot etadi. Go’rda o’lik onadan bo’lajak qahramon tug’iladi. Cho’pon Rustam uyuridagi bir baytal uni emizadi va keyinchalik Rustam yordamida shu baytalda Yovmitga qochib keladi. Ko’rinadiki, epos an’anasiga ko’ra, Go’ro’g’lining kelib chiqishi yuqori tabaqa bilan bog’lansa-da, u, avvalo, kambag’al bir otboqar sinchining o’g’li; cho’pon Rustam tarbiyasida voyaga yetadi, xalq qahramonlariga xos g’ayritabiiy yo’sinda tug’iladi va bahodirlik kamolotiga erishadi. Bu bilan, bir tomondan, Go’ro’g’lining yoshligidanoq xonlarga, saroy aristokratiyasiga qarshi tarbiyalanganligi ko’rsatilsa, ikkinchidan, uning epik Chambil yurtining qonuniy hukmdori ekanligi har jihatdan asoslanadi. »
Reja:
Kirish: Men sevgan dostonlardan biri
Asosiy qism:
1)Xalq dostonlarining bugungi kundagi ahamiyati
2)Dostonda Kuntugʻmish obraziga tavsif.
3) ,, Kuntugʻmish» dostonida or-nomus ifodasi.
Xulosa: Dostondan olgan taassurotlarim
Dostonning bosh qahramoni Kuntugʻmish yolgʻiz, erka oʻgʻil boʻlishiga qaramasdan, aqlli, bilimli, jasoratli, elga gʻamxoʻr, xotini, bolalariga mehribon, vafodor yigit. Kuntugʻmish va Xolbeka bir moʻjiza bilan Buvraxon jazosidan omon qobb, sahroda och, tashna qolishganda hayotdan umidini uzgan yori Xolbekaning “Meni tashlab ketaver, yoʻqsa oʻzing ham halok boʻlasan”, degan iltijosiga “Bir gʻayrat qil, yoʻlimiz yaqin qoldi”, deb dalda beradi, unga vafodorligini quyidagicha bayon qiladi:
Men sevgan dostonlardan biri