Men ham IT’da o’qiyman

Men ham IT’da o’qiyman

Men ham IT'da o'qiyman

Yaqinda bir onaxonni uyida hammomiga kafel yopishtirib berdim. Ish davomida onaxonni jiyani o’zim bilan tengdosh bir bola shu xonadondagi elektriklik ishlarini qilib berdi.

Tengdoshimni dadasi signalizatsiyalar bilan shug’ullanar ekan. Ish davomida yaxshi chiqishib, do’st bo’lib qoldik.

Uyoq buyoqdan gaplashtik men ham unga o’zim uchun qiziq bo’lgan mavzulardan gapira boshladim.

Axborot texnologiyalari haqida, Matritsa filmi haqida, 21 asrga kelib insoniyat uchun hamma ishlarni mashinalar bajarishini, yani sun’iy ong, AI insonlar yashashini osonlashtirish uchun chiqarilgan dastur insoniyat bilan jangga chiqishi, bu urushda insonlar qandaydir kimyoviy qurol qo’llab yer atmosferasini bulut bilan o’rab olishi, zero bu paytga kelib mashinalar quyosh nuridan quvvat olib ishlashi, mashinalar endi quvvatni inson miyyasidan chiquvchi elektr impulslaridan olishi, natijada insonlarni probilkalarda yetishtirib ularni real olamni nusxasi bo’lagan Matritsaga yani virtual olamga ulab qo’yishi haqida va yana Terminator filmi haqida, bu film faqat jangari sahnalardan iborat emas ekanligi, bu filda Amerikani harbiylari tomonidan mudofa uchun chiqarilgan Skaynet dasturiy taminoti insoniyat bilan jang qilishi va yadroviy urushni boshlashi, omon qolgan insonlar ichidan yo’lboshchi chiqib mashinalar bilan jang qilishi, bu jangda yengish uchun Skaynet yo»boshchi hali bolalik paytida o’ldirish uchun vaqt mashinasida bolani yo’q qilish uchun dasturlangan Robot Terminat’rni jo’natishi haqida ekanligini juda katta zavq bilan gapirib berdim.

O’zi odatda shunday bo’ladi, hayotda kamgaproqman o’zim uchun qiziq bo’lgan mavzularda soatlab gapirishim mumkin.
Shu orada miyyadagi neytron aloqali haqida. Inson vaqt o’tib oldin tushunmagan narsalarini tushunishini.
Men ham endi o’qishim kerakligini. O’qiganda ham endi nima uchun o’qish kerakligini tushunganligimni gapirib berdim.

Suhbat oxirida o’qishdan maqsad nima ekanligi haqida bir hangoma aytib berdim. Ingliz tili kursiga yangi talabalar qabul qilinadi. O’qituvchi -Mana talabalar bugun birinchi darsimiz, endi hamma bu kursda o’qishdan maqsadingiz nima ekanligi haqida aytib bering deydi.

Bir o’quvchi turib -Men ingliz tilini o’rganib kino olib vatanimni dunyoga tanitaman deydi.
Yana biri turib, -Men ingliz tilini o’rganib klip olib vatanimni dunyoga tanitaman deydi.
Uchinchisiga Siz turing deb o’qituvchi aytadi.
O’quvchi -Kim menmi deb hijolat bo’lib, Men bilmayman dadam biladi deydi. Bola o’zi qiziqmas va nima uchun o’qiyotkanini bilmas ekan — deb latifa aytib beribman.

Latifani aytib tengdoshimga qarasam, sal o’zgarib turibti shunda u «MEN HAM IT DA O’QIYMAN» deydi. Shu joygacha hammasi zo’r kelgandi qayoqdanam shu latifanni aytdim.
Menimcha tengdoshimni ham dadasi biladi nima uchun o’qiyotganini.

Manba:

Ta‘lim
Men ham IT’da o’qiyman