MELIKKARAMYAN Artavazd Sarkisovich

MELIKKARAMYAN Artavazd Sarkisovich

MELIKKARAMYAN Artavazd Sarkisovich (1898, Karki — 1970, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968); tibbiyot fanlari d-ri (1944). Oʻrta Osiyo unti tibbiyot f-tini tugatgach, terapiya klinikasi ordinatori (1924—27), terapiya kafedrasi assistenti (1927—31). Onkologiya boʻlimi (1931—36), eksperi-mental onkologiya lab. mudiri (1936 — 43), terapiya kafedrasi mudiri (1943 — 66), sanitariya f-ti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1966—69). Oʻrta Osiyo ilonlari (kobra)dan zahar—kobratoksinni ajratib olgan. Oʻpkada yiringli jarayon boʻlganda oʻpka ichiga penitsillin yuborishni tatbiq etgan. Asosiy ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo ilonlari zaharining ayrim fiziologik va patologik jarayonlari taʼsirini oʻrganishga oid.

Ensiklopediya.uz
MELIKKARAMYAN Artavazd Sarkisovich