MEKSIKA TOGʻLIGI

MEKSIKA TOGʻLIGI

MEKSIKA TOGʻLIGI — Shim. Amerikaning jan. qismidagi togʻlik, Meksika hududining katta qismini egallagan. Mayd. 1,2 mln. km2. Keng yassitogʻlik va uni oʻrab olgan togʻ tizmalaridan iborat. Shim. da Buyuk tekisliklar va Kolorado platosiga tutash. Aksari qismining bal. 1000—2000 m. M. t. ning sharqiy chekkasida Sharqiy Syerra-Madre togʻlari, gʻarbida Gʻarbiy Syerra-Madre togʻlari bor. Jan. da oʻchgan va harakatdagi vulkanlar joylashgan. Orisaba vulkani (5700 m) Meksika togʻligi va Meksikadagi eng baland choʻqqidir. Meksika togʻligining zamini ohaktosh, qumtosh, mergeldan tuzilgan. Katta maydonlarni lavalar va allyuviy yotqiziqlar qoplagan. Rangli va nodir metall konlari topilgan.

Ensiklopediya.uz
MEKSIKA TOGʻLIGI